R e j a Falsafada ong va ijod muammosi


Reja. Bilimni kompyuterda gavdalantirish va freym g‘oyasi



Yüklə 45,66 Kb.
səhifə5/6
tarix02.12.2023
ölçüsü45,66 Kb.
#137361
1   2   3   4   5   6
Reja. Bilimni kompyuterda gavdalantirish va freym g‘oyasi

Aqliy semantik tizimlar nazariyasini yaratishda freym g‘oyasini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu g‘oyani M.Minski va R.Shenk yaratganlar.
Freymlar – bu maxsus bilishga oid tuzilmalar bo‘lib, xodisalar yoki xodisalar turkumi ҳaқida bir butun ma’lumot beradi. Sun’iy aql va informatsion texnologiya sohalarida freymlar, ular asosida tuzilgan tillar, ma’lumotlar kompyuterlarda bilimni gavdalantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
“Freym” atamasini Minski biron-bir obyektni modelini kompyuterda tuzish jarayonida ishlatishni tavsiya etgan. M.Minskini fikricha inson o‘zi uchun yangi bo‘lgan vaziyatni yoki hodisani bilishga harakat qilar ekan, o‘zini xotirasidan bir-biri bilan bog‘langan obrazlarni, biz Freym deb atagan tasavvurlar o‘ramini chiqaradi, shu orqali ma’lumdan noma’lumga yoki noma’lumdan ma’lumga o‘tadi, ma’lumotga kengroq tafsilot beradi, jarayonni chuqurroq tushunib oladi.
Demak freymlar ayrim tasavvurlar yoki hukmlarni bir-biri bilan bog‘lovchi, semantik grafa ko‘rinishga ega bo‘lgan bilim blokidir. Freymlarni majmuasidan tushunchaviy (aqliy) tur ko‘rinishga ega bo‘lgan bir butun tavsif, tafsilot hosil bo‘ladi.
Hissiy obrazlar majmuasidan sensitiv ya’niy xissiy freymlar hosil bo‘lishi mumkin. Bu yerda “freym” tushunchasi insonni xotirlash va bilish qobiliyatiga nisbatan tatbiq qilinmoqda.
Kishi xonaga kirib “stul” deb atalgan predmetni ko‘rishni kуtsa, u stol freymiga ega. Bu freymni qismlari: “to‘rt oyoq”, “to‘rt yon tayanch”, “o‘tirgich”, suyangich” kabilardir. Konkret estetikasi, dizayni, yoki stulni bezaklari insondagi “stul” freymini boyitadi.
Insonni bilish freymiga ko‘rish jarayonida hosil bo‘lgan idrok, qabullash signallarigina emas, balki belgi, ramziy axborotni qayta ishlash natijalari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan deydi M.Minskiy hikoyani o‘qishga kirishgan kishi nima haqida yozilganini bilmasa ham, hikoyani umumiy freymiga ega. Bu freymni terminallarida bo‘sh joylar bo‘lib, ular muhit, bosh qahramon asosiy hodisa va boshqa ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.
Inson o‘z xotirasida turli xil faoliyatlarni namoyon etish, tashqi sharoitni bilish, tushuntirish va isbotlashni amalga oshirish, uchun kerak bo‘ladigan freymlarga ega. Bu freymlar, ularni shakllantirish usullari hayot jarayonida rivojlantiriladi.
M.Minskiyning fikricha Freym g‘oyasi T.Kunning “Paradigma” siga o‘xshab ketadi. Kompyuterdagi dastur ko‘rsatma, algoritm, freym va slotlardan iborat bo‘lgan tizimdir. Freym dasturga kiritilgan obyektning biron-bir xossa yoki belgisini ifodalaydigan atama va hukm blokidir.
Har bir freym obyektning belgisi haqida axborot beradigan slotdan tashkil topgan. Slot freym unsuri bo‘lib, ayni paytda quyi darajaga nisbatan mikrofreym rolini o‘ynaydi. Boshqacha qilib aytganda, har bir slotda boshqa bir freymning ko‘rsatgichi mavjud. Demak, freymlar va slotlar kombinasiyasini (o‘zaro uyg‘un birikmasini) tuzish orqali har qanday obyektning modelini yaratsa bo‘ladi. Ko‘rgazma vositasi sifatida daraxt obrazidan foydalanish mumkin: daraxt ildizi – axborot banki (manbai); tanasi – dastur, undagi algoritm; shoxlari – freymlar; barglari – slotardan iborat bo‘lgan sxema tarzida ifodalanadi.
Kompyuterda inson bilimini freym usulida gavdalantirish slotlar (terminallar) va ma’nolar tartiboti shaklida beriladi. Masalan: “ishchi safar” fremini shunday ko‘rinishga ega: (Ishchi safar, Kim, x, qayerga u, qachon, kim bilan, transport turi. Kompyuterda freymerlar orqali bilimlar slot va terminlar bloklari orqali to‘la, umumiylikdan konkretlikka qarab tasvirlanadi.
Bilimlarni freymlar orqali gavdalantirishni tadqiqotchilar ularni tejamligiga, ma’lumotlarni қisqa vaqtda topib berishda, ilmiy sohalari tavsif qilish uchun freymlarni qo‘llashni qulayligida kurishadi.
Faylasuflar freym va tafakkur shakli bo‘lgan tushunchani bir-biri bilan taqqoslashmoqda. Tushuncha narsa va hodisalarni xususiyatlarini belgilarini aks etuvchi aqliy bilish shaklidir., freymda narsalar yoki obyektni belgilarini terminator ifodalaydi.
Masalan, samolyot freymi terminatori samolyotni turini uning raqamini, uchuvchini ism-sharifini, uchish yo‘nalishlarini ifodalaydilar. Belgilar ta’riflarda ifodalanadi freymlar majmuasi belgilarni ifodalovchi ta’riflardan tashkil topadi.
Kompyuter texnologiyasiga oid freymlarni ishlab chiqish, ularni falsafiy tahlil qilish nazariyasi uchun yangi g‘oyalar va tasavvurlar beradi.
Freymlar majmuasi orqali kompyuterlarda nazariy bilimlarni ham gavdalantirish imkoniyati tug‘iladi.
Bilishni kompyuterli modellashtirish aniqlash, aqlli kompyuterlarni ishlab chiqarish kabi muammolarni hal qilishga yordam beradi.



Yüklə 45,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin