KIRISH Kurs ishi mavzusining dolzarbligi: Muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda. Maktab ta’limini rivojlantirsak, oliy ta’lim ham, ilmimiz ham kelajakda rivojlanadi”, - deya ta’kidlagan.
Darhaqiqat, bugungi kunda O’zbekistonning jahon miqyosida munosib o’rin egallashi uchun ma’naviy, siyosiy, iqtisodiy yo’nalishlarda g`oyat muhim va murakkab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, bu borada O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va yangicha tahrirdagi “Milliy o‘quv dasturi”, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to’g’risida”gi qarorlari ta’limni muvaffaqiyatli tashkil qilish omillari bo‘lib xizmat qilmoqda. Komil insonni voyaga yetkazishda boshlang‘ich ta’lim shubhasiz, mustahkam poydevor rolini o‘ynaydi.
Hozirgi vaqtda maktab oʻqituvchilari oldiga juda katta vazifalar qoʻyilganki, bu vazifalarni hal etishda oʻqituvchidan bilim, yuksak mahorat talab qiladi. Bu vazifalar qatoriga oʻquv dasturiga qat’iy rioya qilgan holda oʻquvchilarga bilim berish, talimda yangi pedagogik texnalogiyalarni qoʻllash oʻqitishning maxsuldor metodlari, ta’lim vositalaridan unumli foydalanish, ta’limni tabaqalashtirgan holda tashkil etish va boshqalarni kiritish mumkin. Bularning barchasi oʻqituvchining bosh vazifasini yechishga yordam beradi.
Hozirgi kunda xalq ta’limi oldida ta’lim – tarbiya samaradorligini oshirishning turli uslublarini takomillashtirish kabi ulkan vazifalar qoʻyilishi, bu vazifa bevosita boshlangʻich maktabning asosiy vazifasidir. Ta’lim samaradorligini oshirishning turli yoʻllari mavjud.Masalan: ta’limning turli uslublaridan unumli foydalanish, ta’lim mazmunini qayta koʻrib chiqish, davr talabiga mos materiallarni tanlash ta’lim jarayonini tashkil etishning turli shakllaridan maqsadga muvofiq holda oqilona foydalana olish va hokazolar.
Hozirgi davr oʻqituvchi va oʻquvchi oldiga katta talablar qoʻymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalariga, maktablardagi turli xil oʻquv mashgʻulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali oʻquvchilarni turli bilim va koʻnikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda taʼlim jarayonini toʻgʻri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning oʻrni beqiyosdir.
Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli boʻlishiga koʻmak beradi, buning uchun esa oʻqituvchi oʻz ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya oʻziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy taʼlim berishga intilishi lozim. Maʼlumki, taʼlim bu oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi boʻlib, dars orqali oʻqituvchi oʻz bilimi, koʻnikma va malakalarini mashgʻulotlar vositasida oʻquvchilarga yetkazadi, oʻquvchilar esa uni oʻzlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga ega boʻladi.