Rahmatova malikaning ona tili o‘qitish metodikasi


Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/8
tarix30.01.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#122761
1   2   3   4   5   6   7   8
MALIKA RAHMATOVA....

Kurs ishining oʻrganilganlik darajasi. So'z tarkibiga ko'ra tahlildan mustaqil mashq sifatida foydalanish ham mumkin. So'zni morfologik tahlil qilish uning lug'aviy m a’nosini tushunishda, morfemalarni to‘g‘ri yozishda o'quvchilarga yordam beradigan muhim vositadir.
Boshlang'ich sinflarda grammatik va morfemik tahlil bilan birga, so'zni tovush-harf tom onidan tahlil qilishdan ham foydalaniladi. Bu tahlilning vazifasi so'zda tovushlarning tartibini, ularning xarakterli xususiyatlarini, tovushlar va harflar o'rtasidagi munosabatni aniqlash hisoblanadi.
Kurs ishning maqsadi.Boshlang'ich sinf ona tili va o'qitish savodxonligi darslarida o'quvchilarga so'z tarkibini tahlil qilishga o'rganish metodikasi.
Kurs ishining predmeti. Umumiy oʻrta ta’limning “Ona tili” darsligi.
Kurs ishi mavzusining obyekti. Boshlang'ich sinf Ona tili darslari jarayoni.
Kurs ishining vazifalari. Maktab o'quvchilari, ayniqsa, 4-sinf o'quvchilari ma'lum darajada ona tili va o'qish ko'nikmasini egallaganliklari uchun ularni mashqlar, shuningdek matn ustida mustaqil ishlashga ko'proq e'tibor berish lozim.
O'quvchilarning topshiriqni tez, to'g'ri bajarishi uchun qulay usullarni
tanlay bilishi, ishga ijodiy yondashishi muhimdir. O'quvchilarni ishni bunday o'ylab, izchil bajarish ko'nikmalari o'z-o'zidan hosil bo'lmaydi, albatta. Bunday ko'nikmalarni bolalar o'qituvchining alohida o'tkaziladigan mashqlari orqali egallaydilar. Faqatgina o'qituvchi rahbarligida ishlagandagina, ular fikrlashga, amaliy mashg'ulotlarni ijodiy bajarishga, yo'l qo'yilgan xatolarni topish va uni tuzatishga o'rganadilar.
Biz ushbu mavzuni yoritishda, malakaviy amaliyotda o'tagan tajribamizga suyanib, 4-sinf maktab o'quvchilarida o'tkazilgan dars jarayoni grammatik mashqlarni bajarish va tashkil etishga oid fikrlarimizni bayon qilamiz.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, 2 ta bob, 4 ta fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


I.BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SO‘ZNING MORFEMIK TARKIBINI O‘RGATISH METODIKASI.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin