Raislik qiluvchi : Misirova N. T angren shahar 15-sonli dmtt ota-onalar qo’mitasi raisi. Ishtirok etdilar



Yüklə 28,6 Kb.
səhifə5/9
tarix18.06.2023
ölçüsü28,6 Kb.
#128231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
bayonnomalar

Raislik qiluvchi : Riskulova M - Angren shahar 15-sonli
DMTT Kuzatuv Kengashi raisi.
Ishtirok etdilar : Angren shahar 15-DMTT Kuzatuv Kengashi
a’zolari, DMTT direktori Begmanova T.R

KUN TARTIBIDAGI MASALALAR:


  1. Kuzatuv Kengashining o’tgan o’quv yili bo’yicha qilingan ishlar hisoboti.

  2. Ustuvor vazifalarni belgilash hamda kengash a’zolarini tanishtirish.

Yig’ilishni kengash raisi Riskulova M ochib berdi. O’tgan o’quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan qilingan ishlar hisobotini berish yuzasidan kengash kotibasi Nuraliyeva M ga so’z navbatini berdi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan kengash kotibasi Nuraliyeva Mastura so’zga chiqib, o’tgan o’quv yili davomida kengash ish faoliyati samarali darajada o’sdi. O’quv yili davomida kengashning 8 ta yig’ilishi bo’li o’tdi. Yig’ilishimizda ko’riladigan asosiy masalalar bu kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolgan oila farzandalarini ota- ona badal to’lovidan ozod etish. Haqiqattan ham bu oila kam ta’minlanganmi, yordamga muhtojmi keltirilgan hujjatlar asosida o’rganib chiqib, qaror qabul qilamiz. Bu yil 19 nafar tarbiyalanuvchilar ota- ona badal to’lovidan ozod etilgan. Bu oilalar haqiqatan ham yordamga muhtoj, ko’p bolali, boquvchisini yo’qotgan deb hisoblangan . Ma’lumotnomada ko’rsatilgan ma’lum bir muddatgacha beriladi.
So’zga chiqdi: Kuzatuv Kengashi a’zosi Karabayev Sh so’zga chiqib, bundan tashqari yozgi sog’lomlashtirish davrida bolajonlarimizga bosh kiyim va yengil mayka , shortiklar bilan ta’minlab , semazmun o’tishini nazorat qilib bordik
So’zga Kengash raisi Riskulova M chiqdi. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta’lim Vazirligining 2018 yil 21 noyabrdagi 2-MX-son bilan tasdiqlangan Kuzatuv Kengashining namunaviy Nizomiga muvofiq, Kengashning ustuvor vazifalaridan biri tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart- sharoit yaratish hamda ularni yaxshilash bo’yicha ota- onalar va jamoatchilik tashkilotlari va xomiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam ko’rsatish, muassasa rahbari, pedagog va boshqa xodimlarning faoliyati bo’yicha ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish kabi ustuvor vazifalar bilan tanishtirib o’tdi. Bundan tashqari kuzatuv Kengashi O’zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi va Qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farman, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qaror, farmon va farmoyishlari va boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, tashkilotning Ustavi hamda mazkur Nizomga tayangan holda o’z ish faoliyatini olib boradi.
Yig’lish ishtirokchilarining fikr- muloxazalari tinglanib,

Qaror qilindi:

1.Kuzatuv Kengashi kotibasi Nuraliyeva M.ning o’tgan o’quv yili davomida qilingan ishlar hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2.Ustuvor vazifalar ijrosi ta’minlansin.


Yüklə 28,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin