Yig’ilish raisi : Riskulova M Kotiba : Nuraliyeva M.
Angren shahar MTB ga qarashli 15-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv Kengashi yig’ilishi
BAYONNOMASI ______
15-DMTT ________________ 2021 yil
Raislik qiluvchi : Riskulova M. - Angren shahar 15-sonli
DMTT Kuzatuv Kengashi raisi.
Ishtirok etdilar : Angren shahar 15-DMTT Kuzatuv Kengashi
a’zolari, DMTT direktori Begmanova T.R
KUN TARTIBIDAGI MASALА: “DMTT faoliyatini vaqtincha to’xtatish to’g’risida” Kuzatuv Kengashi raisi Abdullayeva V.N yig’ilishni ochiq deb e’lon qildi. So’z navbatini DMTT direktori : Begmanova T.R ga berdi.
Eshitildi: Kun tartibidagi masala yuzasidan DMTT direktori Begmanova T.R so’zga chiqdi. Ta’kidlash lozimki, mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini isloh qilish doirasida iqtisodiy va moliyaviy statistika ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va budjet jarayoni ochiqligini oshirishning yangi mexanizmilarini joriy etish bo’yicha izchil ishlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 22 avgustdagi “Byudjet ma’lumotlarining ochoqligini va byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash chora- tadbirlari to’g’risida” gi PQ – 3917- son qarori ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Respublika Moliya vazirligining “Open budget” portal 2019 yil 1 yanvardan o’z faoliyatini boshladi. Ushbu poral orqali barcha mahalliy tashklotlar o’zlarining mavjud muammolarini qo’yib , ochiq ovoz berish yo’li orqali pul mablag’larini qo’lga kiritadi . Ozov berish 3 boshqicha amalga oshiriladi. 1- bosqichda hamma tashkilotlar mavjud muammolarini qo’yishadi. 2- bosqichda mahalliy hokimlik va moliya tashkiloti bilan birgalikda qo’yilgan muammolar o’rganilib, saralanib, eng asosiylari qoldiriladi.3-bosqichda saralanganlar ma’lum bir muddat ichida ko’p ovoz yig’gan tashkilotlarga pul mablag’lari ajratiladi. Tashkilotimiz ham mana shu Openbudget.uz portaliga o’zining kanalizatsiya va DMTT issiqlik tizimini ta’mirlash muammosini qo’yib, 450 000 000 so’mlik pul mablag’ini 3 bosqichdan o’tib qo’lda kiritdi. Mana shu mablag’ DMTT ning issiqlik tizimini ta’mirlashga yo’naltiradi. Smeta harajatlari, deputatning xulosasi asosida Angren shahar MTB tomonidan DMTT faoliyatini vaqtincha to’xtatish “ to’grisida 2021 yil 29- dekabdrda 154- sonli buyrug’I chiqarildi. Tashkilot o’z ish faoliyatini 2021 yilning 1-31 – dekabrgacha vaqtincha to’xtatilishi haqida aytib o’tdi.