Raqamli axborot texnologiyalari fani



Yüklə 29,59 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2022
ölçüsü29,59 Kb.
#120859
1   2   3
Maqola Rahmonov Z

2. Elekton darslik. Elekton darslik - oliy, o‘rta maxsus va o‘rta ta’lim tizimida o‘qitiladigan darsliklarning elektron variantining takomillashtirilgan ko‘rinishidir.
Elektron darslik matn, gipermatn, giperizoh, grafik, diagramma, rasm, chizma va ularning animatsiyalaridan iborat bo‘lib, professor o‘qituvchilarning o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishda, talaba va o‘quvchilarning darsdan tashqari holatda mustaqil ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratib beruvchi tizim hisoblanadi.
Elektron darsliklar quyidagi sifatlarga ega bo‘lmog‘i lozim:
Kompyuterli o‘qitish texnologiyasining asosiy xususiyatlari va afzallik jihatlari quyidagilardan iborat:
‒ ushbu texnologiya talabalarni mustaqil fikrlashi va ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo‘naltiradi;
‒ o‘qituvchi ta’lim jarayonida maslahatchi sifatida qatnashadi;
‒ o‘qitish jarayonida axborot vositalari va zahiralari faol integrastiyasi ta’minlanadi;
‒ o‘qishga qiziqish ortadi;
‒ ta’lim olishning qulayligi va natijaviyligini ta’minlaydi;
‒ talabalarda mustaqil ishlash va izlanish malakalari shakllanadi.
3. O‘quv-uslubiy elektron qo‘llanma.
Bu elektron mahsulot o‘quv fanini qisman qamragan bo‘lib, matn, gipermatn, chizma va animatsiyalardan iborat bo‘ladi. Ta’lim jarayonida elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish, ekspert tizimlarni qo‘llash, elektron kutubxonalardan kerakli adabiyotlarni qidirish va kitobning elektron variantidan foydalanish, videoalokalar yordamida dars jarayonlarini tashkillashtirish, telekonferenstiyalarni uyushtirish va jamoa bo‘lib ta’lim olishni tashkillashtirish, internet texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash ishlarini amalga oshirish mumkin.
Ixtiyoriy fanni o‘qitish jarayonida taqdimotlardan foydalanib ta’lim berishni tashkillashtirish, videomateriallardan foydalanish, tovushli taqdimotlarni tayyorlash, video ma’ruzalarni tashkillashtirish, virtual laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish, fanga tegishli video sayohatlarni uyushtirish ta’lim jarayonida o‘quv materiallarini chuqur o‘rganishga, ko‘rgazmali dars usullaridan foydalanib, ta’lim berish samaradorligini oshirishga imkon yaratadi.

Yüklə 29,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin