416
e'tiborsizlik qilsangiz yoki biror bir qismini noto`g`ri ulasangiz qimmatli ehtiyot
qismlarni kuydirib qo`yib ikki karra (x2) qimmatga tushishingiz mumkin.
2-afzallik.
Agar kompyuterga biror nima
qilsa siz olgan joyingizga
murajaat qilgan holatda yuzaga kelgan vaziyatni tezkorlik bilan hal qilishingiz
mumkin bo`ladi. Qo`shimchasiga sizga 3 oydan 2 yilgacha kafolat muddati
beriladi.
3-afzallik.
Vaqtdan yutasiz. Siz "qayerda arzon ekan"
deb vaqtingizni
sarflamaysiz, ba'zi bir do`konlar uyingizgacha eltib beradi. Issiq/sovuq kunda
esa bu ancha qulaylik yaratadi.
Endi esa kamchiliklarini ko‘rib chiqamiz:
1-kamchilik.
Narx jihatdan yaxshigina yutqazasiz! Aytalik siz 3 mln
so`mga kompyuter olmoqchisiz. Bu summaga siz 2-yildan keyin eng "past" deb
ataladigan kompyuterni olasiz. Sizga tayyor kompyuterlarni sotuvchilar odatda
har bir detal uchun narx qo`yadi. Aytaylik, 500 GB HDDning bozor narxi 200
ming so`m, yig`uvchining qo`lida u 230-250 ming so`mga aylanadi.
Har bir
detal uchun narx qo`yilganda kamida 300 ming so`mlik ustima narx payda
bo`ladi!
Tabiiyki, o`zingiz yiqsangiz bu pulni boshqa narsa uchun sarf etishingiz
ham mumkin bo`ladi.
2-kamchilik.
Tanlov cheklanganligi. Aytaylik siz tayyor kompyuter
olmoqchisiz, lekin uning keysi (protsessorning temir qobig‘i) sizga yoqmadi, siz
uni boshqa bir chiroylirog`iga almashtirib berishlarini so`raysiz. Tabiiyki,
bunday holatda narx oshadi - yangi keysning narxi va xizmat haqqi yana
qo`shiladi. Lekin shunisi ham borki, ba'zi bir yig‘ib beruvchilar shunchaki sizga
yangi keys berishmaydi, chunki ularda siz xohlagan keyslar bo`lmasligi
mumkin. Ular odatda ofislar yoki tashkilotlar uchun ulgurji (optom)
tarzda
minimal narxli qismlarni obkeltiradilar. Siz xohlagan keys esa ularda bo`lmaydi
yoki faqat buyurtma asosida olib kelinadi, maxsus narxga! Bunday misolni
boshqa detallar
uchun ham keltirish mumkin, aytaylik HDD - sizga Toshiba
firmasiniki kerak, ulardaesa faqat Segate bo`ladi, sizga 2666 MHz li RAM
kerak, ularda esa faqat 2400 MHzlik bor va h.k. O`zingizga
yoqqanday qilib
yig`moqchi bo`lsangiz ham vaqtda, ham xarajatdan yutqazasiz.
Dostları ilə paylaş: