74
chunki bu holda boshcha oraliq holatda qoladi ,bunday hol esa sopelni tez qurib
qolishiga olib keladi. Ko‘p printerlarda printer ichida bosmalovchi boshchani
boshlang‘ich holatiga qaytadigan to‘htash tartibi mavjud, bunday tartib
siyohlarni qurib qolishidan saqlaydi.
Lazerli printerlar.
Hujjatlarni lazerli printerda bosmadan chiqarish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
➢
Ulanish;
➢
Ma’lumotlarni qaytaishlash;
➢
Formatlash;
➢
Rasterizatsiya;
➢
Lazerliskanerlash;
➢
Tonerqo‘yish;
➢
Tonerni mustahkamlash.
Turli hil printerlar buni har hil usullar bilan bajaradi, biroq ko‘pchilik
printerlar tomonidan huddi shu ketma-ketlikdagi harakatlar bajariladi. Masalan,
printerlarni qimmat bo‘lmagan rusumlari bosish jarayoniida kompyuter
ishlatadi, qimmatroqlari va takomillashgan rusumlarni operatsiyalarning
aksariyat qismini shahsiy apparatli va dasturli ta’minlash yordamida bajaradilar.
Ulanish
Hujjatni bosib chiqarish uchun avval kompyuterdan printerga vazifa
yuborish kerak.Buning uchun odatda kompyuterning parallel porti ishlatiladi,
ammo alohida printerlar muntazam port bilan ham ishlaydilar. Printerlarni ba’zi
bir rusumlari ikkita portni qo‘llab, bir necha kompyuterlarga ulangan bo‘lishi
mumkin. Parallel yoki ketma- ketli ulanishda ishlaydiganlardan tashqari
printerlarni tarmoqli rusumlari kiritilgan, tarmoqli adapterga ega bo‘lib tarmoqli
kabelga to‘g‘ri ulanish mumkin. Oxirgi paytda USB interfeysli birinchi
rusumlari ham ko‘rina boshladi. Kompyuterni printerga ulashda printerga bosma
qilish vazifasi yuboriladi. Biroq ma’lumotlar ikki yo‘nalishli bo‘lishi mumkin,
ya’ni printer ham kompyuterga ma’lumotlarni uzatishni davom etishini yoki
to‘htash haqida xabar beruvchi nazorat signallarini yuborish mumkin .Odatda
printyerdi o‘rnatilgan xotira hajmi bosma vazifasidan ko‘ra kam bo‘ladi. Bufer
to‘lib ketganda printer kompyuterga ma’lumotlarni uzatilishngi to‘htatish haqida
xabar beradi. Bir bet bosib bo‘lingandan keyin printer buferdan ma’lumotlarni
o‘qishni boshlaydi va kompyuterni uzatish qayta tiklanganligi haqida xabar
beradi. Bu jarayon sinxronlash, ya’ni moslash deyiladi.U uchun alohida
bayonnomamavjud.
Dostları ilə paylaş: