Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/311
tarix11.11.2023
ölçüsü10 Mb.
#132369
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   311
Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari

Magnitlentalari
Ma’lumki, axborot tashuvchi vositalar qatorida 
magnit lentalaridan ham keng foydalaniladi. Magnit lentalari o‘tgan asrda ishlab 
chiqilgan axborot saqlovchi qurilma bo‘lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa 
egiluvchan magnit qatlamli lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma — 
sirtiga magnit qatlami surtilgan yupqa lenta bo‘lib, tovush (nutq, musiqa)ni 
yozib olish va qayta eshittirish uchun foydalaniladi. Magnit lentasining ishchi 
magnit qatlami temir gamma-oksid, xrom (II) oksid va kobalt qo‘shilgan temir 
gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo‘ladi. Magnit 
lentasi asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va triasetat 
plyonka ishlatiladi. lyonka sirtiga surkaladigan tarkib magnit kukuni, bog‘lovchi 
modda, eritgich, plastifikator va magnit lentasi sifatini yaxshilaydigan 
qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi harorati 20±5°gacha bo‘lgan 
sharoitlarda ishlatiladi va saqlanadi. Magnit lentalari metall va bimetalldan 
tayyorlanadi. Lentaning eni va qalinligi uning nima maqsadda ishlatilishiga 
qarab tanlanadi. Masalan, tovushni yozib olishda eni 3,81 va 6,25 mm, qalinligi 
9–55 mkm bo‘lgan magnit lentasi ishlatilgan. Yupqa ishchi qatlami So–Ni 
(kobaltnikel), So–R (kobalt–fosfor) So–N–R (kobalt — azot — fosfor) va So–W 
(kobalt–volfram) qotishmalaridan iborat metall magnit lentalari ishlab 
chiqarilgan. Magnit lentasining ustunligi yozuvni amalga oshirishda va ayrim 
signallarni qabul qilishda sezgirligidan iborat. Ko‘p qatlamli magnit lentasi o‘z 
davrida juda keng tarqalgan. 
Magnitli yozuv — tovush (nutq, musiqa)ni magnitli axborotni saqlovchi va 
tashuvchi (magnit lentasi, magnit disk va boshqalar)ga magnit usulida yozib 
olish hamda qayta eshittirish imkonini beruvchi qurilma vazifasidir. Tovushni 
yozib olishda axborot tashuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati 
tovush signallariga monand o‘zgaradi. Tovushni qayta eshittirishda teskari 
jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda, tovush signallari hosil bo‘ladi. 
Axborot tashuvchining magnitlanish yo‘nalishiga, signallarni yozib olish va 
qayta eshittirish kanallarida yuz beradigan o‘zgarish turiga hamda magnit 
kallakka signal tokidan tashqari qo‘shimcha magnitlaydigan o‘zgarmas yoki 
o‘zgaruvchan tok berilishiga qarab, magnit yozuvlarining bir necha usullari 
qo‘llaniladi. Magnit yozuvlarida yozib olish kanali kirishiga (masalan, 
magnitofon kuchaytirgichiga) tushgan elektr signallar kuchaytiriladi va 
o‘zgartiriladi. Kanalning oxirgi qismi magnit kallak hisoblanadi. Magnit 
kallakda vujudga keladigan magnit maydon kallak chulg‘amidagi tokka 
mutanosib bo‘ladi. Magnit maydon harakatlanib turgan magnit lentasiga (yoki 
magnit diskka va boshqalar) ta’sir qilib, uning ayrim qismlarini magnitlaydi va 


83 
magnitli yozuvlari yo‘lini hosil qiladi, shu tariqa, tovush magnit lentasiga 
yozilib qoladi. Magnitli yozuv yo‘li hosil bo‘lgan magnit lentasi signalogramma 
deb ataladi. Tovushni qayta eshittirishda, signalogramma harakatlanishi 
mobaynida, magnit kallak chulg‘amida yozib olingan tovush signallarini 
tashuvchi elektr yurituvchi kuchni paydo qiladi. Tovushni kuchaytirish 
qurilmasi signallarni kuchaytirib va tovushga aylantirib beradi. Tovush 
radiokarnaylar orqali eshittiriladi. Tovushni yozib olish jarayoni qancha tez 
amalga oshirilsa, tovush shuncha sifatli chiqadi. Tovushni yozib olishda 
diktofon, magnitofon, tasvir va tovushni yozib olishda videomagnitofon va 
axborotni juda aniq magnit yozuvlarida aniq magnit usulida yozib olish 
qurilmalaridan foydalaniladi. 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin