Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari


Endi esa yig‘ilgan kompyuterlarni tahlil qilamiz



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/311
tarix11.11.2023
ölçüsü10 Mb.
#132369
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   311
Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari

Endi esa yig‘ilgan kompyuterlarni tahlil qilamiz: 
 
1-afzalligi. 
Narx jihatdan sezilarli yutasiz. Misol uchun siz RAM 
olmoqchisiz, bir do`konda 300 ming so`m turibdi, boshqasida esa huddi o`shani 
250 ming so`mga olishingiz mumkin, ja bo`lmasa internet do`konidan buyurtma 
qilishingiz ham mumkin. Bu sizga puldan tejashda ancha imkoniyat beradi. 
Qo`shimchasiga siz o`zingiz istalgan monitorni olishingiz mumkin. Aytaylik 
sizga 22dyumlik monitorni 1,5 mlnga PC ga qo`shib sotishmoqda, bozordan esa 
siz 1 mlnga 24dyumlik olasiz.
2-afzallik. 
Istalgan dizayn va istalgan harakteristika hamda ishonchliroq 
kafolat. Ba'zi bir yig‘ib sotuvchilar sizni fikringizni inobatga olmay, o`zlarining 


417 
tanlovlarini o`tkazishlari mumkin va siz core i5 protsessori kerak desangiz 
"senga core i3 ham bo`laveradi, narxi bir xil" - deb sizni ishontirishlari yoki 
o‘zlaridagi eski va ishlatilgan detallarni qo`shib yuborishlari ham mumkin. Agar 
o`zingiz qutisida va kafolati bilan olsangiz ko`nglingiz ancha hotirjamroq 
bo`ladi. Siz xohlasangiz core i3 CPU li, 4GB RAMli qilib yoki oddiy CPU li va 
8 GB RAMli qilib yig‘ishingiz mumkin, hech kim sizga hech nima demaydi!
3-afzallik. 
Shoshmasdan yig‘ish. Aytaylik sizda 3 mln bor, lekin yana 1 
mln yetmayapti. Siz yo qarz olasiz yoki o`sha 3 mlnli kompyuterni olasiz. 
O`zingiz yiqsangiz esa be'malol oylar davomida 1-2 ta qismini alohida-alohida 
olib yig‘ib borishingiz mumkin.
Endi kamchiliklari:
1-kamchilik.
Arzon narx qidirib bozor-ma bozor yurish. Siz qayerda, 
kimda arzon ekan deb juda ko`p vaqt sarflashingizga to`g`ri keladi. Ba'zi bir 
arzon do`konlar shaharning bir chekkasida joylashgan bo`ladi odatda, tabiiyki
yo`lkiraga ham alohida harajat qilasiz.
2-kamchilik. 
Kafolat muddati turlicha. PC dagi detallarga turlicha kafolat 
muddati beradil: HDD - 1- 3 oy, RAM - 6 oy, Motherboard - 6 oy - 3 yil va h.k. 
Agar biror nima ishlamay qolsa siz sotib olgan do`koningizga borishingiz kerak, 
bu esa yana yo`lkira va yana vaqt degani!
3-kamchilik. 
O‘ylaganchalik oson emas. Agar siz doimiy ravishda PC 
yig‘ib yurmasangiz unda ba'zi bir detallarni bir biriga ulashda qiynalishingiz 
mumkin va bilmasda sindirib qo`yishingiz ham ehtimoldan holi emas! 

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin