Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


-rasm. Buxgalteriya hisobining korxona boshqaruv tizimidagi o‘rni



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə11/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

1.1-rasm. Buxgalteriya hisobining korxona boshqaruv tizimidagi o‘rni

Korxonalar boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobiga yuklatiladigan asosiy funksiya bo‘lib barcha yuz bergan va berayotgan faktlarni uzluksiz kuzatish, ular to‘g‘risidagi axborotlarni hujjatli asosda qayd etish, guruhlash, jamlash va va tegishli boshqaruv organlariga belgilangan rejalar bajarilishini tahlil va nazorat qilish hamda faoliyatni muvofiqlashtirish uchun tegishli qarorlarni qabul qilish uchun yetkazib berish hisoblanadi. Demak, buxgalteriya hisobining korxonalar boshqaruv tizimidagi bosh maqsadi boshqaruvning boshqa funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan real va atroflicha axborotlarni shakllantirish va ularni o‘z vaqtida ichki va tashqi foydalanuvchilarga yekazib berishdan iboratdir.


Ushbu maqsaddan kelib chiqib, buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonada amalga oshirilgan moliyaviy-xo‘jalik jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborotlarni shakllantirish;

  • korxona mulki holati va harakati, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan foydalanishning qonuniyligini, ular bo‘yicha belgilangan me’yorlarga amal qilinganlikni nazorat qilish;

  • korxona mablag‘lari tashkil qilish manbalari va ulardan foydalanish ustidan nazoratni olib borish;

  • korxona moliyaviy xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash va mobilizatsiya qilish;

  • korxona faoliyatiga bevosita va bilvosita qiziquvchi axborot foydalanuvchilar bo‘lgan investorlar, kreditorlar, ta’minotchilar, xaridorlar, soliq organi, sug‘urta kompaniyalari, baholash kompaniyalari, auditorlik tashkilotlari va boshqalar uchun zarur bo‘lgan moliyaviy hisobotni tuzish uchun ma’lumotlarni tayyorlash;

  • mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushumlar, ular haqiqiy tannarxi, davr xarajatlari, soliq va to‘lovlar hamda boshqa daromadlar va xarajatlar to‘g‘risida real axborotlarni shakllantirish va shu asosda korxona moliyaviy natijalarini aniqlash;

  • korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida mavjud salbiy holatlar oldini olish uchun ular to‘g‘risida rahbariyatni o‘z vaqtida xabardor qilish va boshqalar.




Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin