Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


BUXGALTERIYa HISOBINING OB’EKTLARI



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə13/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

BUXGALTERIYa HISOBINING OB’EKTLARI

«Buxgalteriya hisobi» fani predmetini tashkil qiluvchi ta’limotlar ichida buxgalteriya hisobining ob’ektlariga oid ta’limot muhim o‘rin tutadi.


Respublikamizning buxgalteriya hisobi to‘g‘risida qonuni (7-modda)ga muvofiq buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo‘lib korxonalarning aktivlari, majburiyatlari, xususiy kapitali, zaxiralari, daromadlari, xarajatlari, foydasi, zararlari, shuningdek ularning harakati bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ushbu ob’ektlar me’yoriy-huquqiy hujjatlar va maxsus adabiyotlarda turlicha tasniflanadi va tavsiflanadi. Aksariyat manbalarda buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar quyidagi 2.10-rasmda keltirilgan to‘rtta guruhga ajratiladi.

Buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar

Xo‘jalik faoliyati

Xo‘jalik faoliyati natijalari

Xo‘jalik mablag‘lari

Xo‘jalik mablag‘lari manbalari


1.3-rasm. Buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlar

«Buxgalteriya hisobi» fani buxgalteriya hisobi predmetini tashkil qiluvchi yuqorida sanab berilgan ob’ektlar mohiyati, ularning tasnifiy, tavsifi va boshqa jihatlari to‘g‘risida umumiy tushunchalarni o‘rgatadi. Iqtisodiyotning alohida olingan tarmoq va sohalarida buxgalteriya hisobining predmetini tashkil qiluvchi ob’ektlarning xususiyatlari mos ravishdagi tarmoq va sohalarda buxgalteriya hisobi fanida ochib beriladi.


XO‘JALIK FAOLIYaTI


Xo‘jalik faoliyati deganda, umuman olganda, korxona va tashkilotlar tomonidan foyda olish maqsadida olib borilayotgan hamda mazmunan alohida nomlardagi faoliyat turlarini tashkil qiluvchi xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari (muomalalari) majmuasi tushuniladi.
Xo‘jalik jarayoni deganda korxona va tashkilotlarda yuz bergan va berayotgan operatsiyalar yig‘indisi tushuniladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin