Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


-MARUZA BUXGALTERIYa KASBIGA QUYILADIGAN TALABLAR



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə19/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

3-MARUZA


BUXGALTERIYa KASBIGA QUYILADIGAN TALABLAR.
REJA:
1.Buxgalteriya xisobini tashkil qilish shakllari
2.Buxgalteriya ishini tashkil qilishda bosh buxgalter va buxgalterlarning o‘rni, ularning huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklar
Tayanch so‘z iboralar: Markazlashtirilgan shakl (sentralizatsiya shakli. Markazlashtirilmagan shakl (detsentralizatsiya shakli). Moddiy boyliklar
Bo‘limi, Ta’minotchilar va xaridorlar bilan hisob-kitob bo‘limi, Kassa va bank operatsiyalari bo‘limi, Ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘limi, Budjet bilan hisob kitoblar bo‘limi
Respublikamizning «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida» qonuni (7-modda)ga muvofiq buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni korxona, muassasa va tashkilot rahbari amalga oshiradi. Demak, korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishiga javobgar shaxs bo‘lib bosh rahbar hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning ikkita shakli mavjud. Bular:
1.Markazlashtirilgan shakl (sentralizatsiya shakli);
2.Markazlashtirilmagan shakl (detsentralizatsiya shakli).



Markazlashtirilgan shakl (sentralizatsiya shakli)

Markazlashtirilmagan shakl (detsentralizatsiya shakli)

bu birlashmalar yoki tashkilotlarda, ularga kiruvchi barcha bo‘linmalar yoki filiallarda hisob va hisobotni birlashma (yoki tashkilot)ning yaxlit markaziy buxgalteriyasi orqali yuritish shakli.

bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning har birida hisob va hisobotni alohida-alohida yuritish shakli.





Markazlashtirilgan shakl (sentralizatsiya shakli) hozirgi paytda respublikamizda o‘z tarkibida tugallanmagan balans va hisobot tuzadigan bo‘linmalari yoki filiallari mavjud bo‘lgan birlashma yoki tashkilotlarda keng qo‘llanilmoqda. Bunday birlashmalar va tashkilotlar sirasiga, chunonchi, viloyatlardagi «Elektrta’minot», «Gazta’minot», «Suvoqava», «Xalqaro va shaharlararo aloqa tarmog‘i», «O‘zbekiston Pochtasi» va shu kabi boshqa birlashmalar va tashkilotlarni kiritish mumkin.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin