Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


Buxgalteriya hisobini rivojlanish bosqichlari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə3/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Buxgalteriya hisobini rivojlanish bosqichlari



Bosqich tartib raqami

Davr

Bosqichning xarakterli jihatlari

1-bosqich

Eramizdan oldingi 4000 yil oldin va eramizgacha bo‘lgan V –asr)

Hisobda ko‘zga ko‘ringan va foydalanilgan narsalarning natural hisobi yuritilgan, shu bois naturalistik bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor xo‘jalik fakti va inventarizatsiya tushunchalari paydo bo‘lgan.

2-bosqich

Eramizdan oldingi V –asrdan to 1300 yilgacha)

Hisobda ko‘zga ko‘ringan va foydalanilgan narsalarning pul birligida (qiymat) hisobi yuritilgan, shu bois qiymatli bosqich nomini olgan. Ushbu bosqichda ilk bor buxgalteriya apparati paydo bo‘lgan, u ikkita turga – patrimonal (mol-mulk hisobi) i kameral (pul kirimi va chiqimi hisobi). Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobi natural va pul o‘lchov birliklarida yuritilgan.

3-bosqich

1300- 1850 yillar

Patrimonal hisob (mol-mulk hisobi)ni unigrafik (oddiy yozuv) va digrafik (ikki yoqlama yozuv)ga ajratilishi yuz berdi, buxgalteriya hisobi schotlari tipografiyasi (tiplarga ajratish) soder bo‘ldi, xususiy mablag‘lar schotlari (xususiy kapital, foyda va zararlar schotlari) vujudga keldi. Ikki yoqlama yozuv (digrafik hisob) Yevropaning barcha dalatlariga tarqaldi, bu buxgalteriya hisobi nazariyasini yanada ravnaq topishiga imkon berdi, XY – asrning oxiriga kelib, ikki yoqlama yozuvga asoslangan buxgalteriya hisobi nazariyasi Italiyada uzil-kesil shakllandi

4-bosqich

1850- 1900 yillar

Nazariy-amaliy bosqich bo‘lib, unda digrafik hisob (ikki yoqlama yozuvga asoslangan hisob) ikkita yo‘nalishda, ya’ni hisob yozuvlariga yuridik kuch berish va ularni iqtisodiyot manfaatlariga muvofiqlashtirish yo‘nalishida rivojlandi. Ushbu tarixiy davrda buxgalteriya hisobida schotlarning ilmiy tasniflanishiga erishildi, debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashishlar hisobi uchun mo‘ljallangan schotlar paydo bo‘ldi, shuningdek, metafizik schotlar (natijaviy va kontrar schotlar) vujudga keldi.

5-bosqich

1900- 1950 yillar

Bu bosqich buxgalteriya hisobidagi sifat o‘zgarishlar bosqichidir. Aynan shu bosqichda buxgalteriya hisobida hisob yuritish va balansshunoslik yo‘nalishlari, buxgalteriya hisobi tarkibida moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi paydo bo‘ldi. Shuningdek, ushbu bosqichda xarajatlar hisobi hamda mahsulot, ish va xizmatlar tannarxini aniqlash masalalari dolzarb masalaga aylandi. 20 asrning boshiga kelib maxsus tannarx kalkulyatsiyasi nazariyasi paydo bo‘ldi.

6-bosqich

1950 yildan keyingi davrdan hozirgi kungacha

Ushbu bosqichda buxgalteriya hisobining tarkibiy qismlari bo‘lgan moliyaviy hisob va boshqaruv hisobi o‘zining predmeti, metodi, nazariy va metodologik asoslariga ega bo‘lgan maxsus fanlar sifatida shakllantirildi. Korporativ boshqaruv tizimi, xalqaro investitsiyalar rolini kuchayishi bilan buxgalteriya hisobini xalqaro standartlarga moslashtirish, xalqaro standartlarga mos keluvchi milliy standartlarni ishlab chiqish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va xalqaro audit standartlari asosida auditorlik tekshiruvlaridan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar honuzgacha davom etmoqda.


Buxgalteriya hisobi tarixiga bag‘ishlangan adabiyotlarda uning rivojlanishiga oid quyidagi yilnoma ham keltirilgan (1.4-jadvalga qarang).


1.4-jadval

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin