Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə7/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

Fratsiya maktabi

Italiya maktabi singari klassik maktablardan biri hisoblanadi. Maktabning yetuk vakillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: Jak Savari (1622 – 1690), Mate de la Port (1685), Bertran Fransua Barrem (1721), Samuel Rikar (1709). Ushbu olimlar hisob nazariyasi, uning didaktikasi, hisob shakllari, hisob registrlarining tarkibi va tuzilishini takomillashtirishda muhim rol o‘ynaganlar.

Angliya-Amerika maktabi

Ushbu maktab vakillari fikricha, hisob boshqaruv qurolidir. Taniqli vakillari bo‘lib quyidagi olimlar hisoblanadi:

  1. Vilyam Endryu Paton (1889 – 1991), personalist (amer.)

  2. Djordj Oliver Mey (1875 – 1961), institutsionalist;

  3. Frensis Piksley (sovr.), institutsionalist (angl.)

  4. Djon Xiggins (sered.XX v.), amer.

  5. Charlz Xorngren (sovr.), personalist (amer.)

  6. Genri Sviney (perv.pol.XXv.), personalist (amer.)

  7. Robert Antoni (sovr.), institutsionalist (amer.)

  8. Djon Kanning (1884 – 1962), personalist )amer.)

Bu maktab vakillari hisobning yuridik tomoniga alohida e’tiborni qaratmaydilar. Boshqaruv hisobini rivojlantirish angliya-amerika maktabining xizmati desa bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish –bosh maqsad deb qaraladi.

Zamonaviy xalqaro ta’limotda buxgalteriya hisobi unda shakllanadigan axborotlarning shakl va mazmuni, ularni kim uchun mo‘ljallanganliga qarab, ikkita qismga ajratiladi:



  1. buxgalteriya moliyaviy hisobi; (2) buxgalteriya boshqaruv hisobi.

Yaxlit buxgalteriya hisobi ushbu qismlarining aynan shunday nomlanishi negizida quyidagilar yotadi.
Birinchidan, buxgalteriya hisobining ushbu har ikkala qismi korxonaning maxsus bo‘linmasi bo‘lgan buxgalteriya tomonidan yuritilishi sababli ularda “buxgalteriya” so‘zi ishlatiladi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin