Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik


-rasm. Korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil qiluvchi xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə18/108
tarix25.05.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#116209
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108
Raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik

1.9-rasm. Korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil qiluvchi xo‘jalik jarayonlari va operatsiyalari

Moliyaviy faoliyatning asosiy turi bo‘lib emissiya faoliyati hisoblanadi.


Emissiya faoliyati – qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar va obligatsiyalar) chiqarish yo‘li bilan boshqa korxonalar va shaxslar mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq faoliyatdir.


XO‘JALIK FAOLIYaTINING NATIJALARI

Korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatining natijalari bo‘lib ular olgan foyda yoki ko‘rgan zararlari hisoblanadi.


Foyda(F) – bu korxonaning daromadlari ( D) va xarajatlari(X) o‘rtasidagi ijobiy farq, ya’ni
F = D > X.
Zarar – bu korxonaning daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi salbiy farq, boshqachasiga xarajatlarni daromaddan ko‘p bo‘lishi, ya’ni:
Z = D < X
Daromadlar - bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko‘payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko‘payishidir, faqatgina bundan aksiyador kapitalga ta’sischilar tomonidan to‘lanadigan badallar mustasnodir.
Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko‘payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni kamaytiradigan iqtisodiy iaflarni kamayishidir, faqatgina aksiyador kapitalni ta’sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir
Foyda - bu xo‘jalik sub’ektiga ta’sir etadigan asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat, hodisalar, sharoitlar natijasida kapitalni ko‘payishidir, faqatgina xususiy kapitalga to‘lanadigan kapital bundan mustasnodir. Foydani o‘lchash bilan bevosita bog‘liq elementlar - bu daromadlar va xarajatlardir.
Demak, qanchalik daromad ko‘p bo‘lib, xarajat kam bo‘lsa, korxonaning foydasi shunchalik ko‘p bo‘ladi. Aksincha, korxona daromadga qanchalik ko‘p xarajat bilan erishsa, uning zarari shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Xo‘jalik faoliyatini uzluksiz yuritilishi va rivojlanishi bevosita korxonalarni turli manbalar evaziga shakllanadigan mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga bog‘liq. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalarining tasnifi va tavsifi to‘g‘risida keyingi ma’ruzada batafsil to‘xtalamiz.


Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin