Hozirgi kunga kelib,katta ma’lumotlarni qayta ishlashga imkon beradigan ko‘p sonli usullar va kompleks dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaradigan kompaniyalar mavjud, masalan,IBM, Oracle,Microsoft, Hewlett-Packard, EMC, Apache Software Foundation (HADOOP)va boshqalar. Katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun zarur bo‘lgan axborot manbalari bo‘lib, quyidagilar hizmat qilishi mumkin:
ko‘p sonli shahar IP-videokameralaridan olingan axborotlar;
sanoat interneti texnologiyalari bilan jihozlangan katta ishlab
chiqarishdatchiklaridan kelgan axborotlar va boshqalar.
Endi elektron tijorat va elektron biznesda keng miqyosda ishlatiladigan va hozirgi zamonda borgan sari ommabop bo’lib borayotgan virtual valyutalar haqida mulohaza qilib ko’ramiz.
Virtual (raqamli/elektron) valyuta– moddiy timsolda mujassam topmagan, ammo to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir.
Kriptovalyuta –kriptografik algoritmlarni maxsus ko’rinishlarda qo‘llashga asoslangan emission valyuta turi.
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn)–taqsimlangan ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bundahar bir ma’lumotni qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi.
Blokcheyn virtualvalyuta tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi.
Bitkoin –mavjud virtualvalyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgankriptovalyuta hisoblanadi vau bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi.
1.3. Raqamli iqtisodiyotning ijobiy va salbiy tomonlari
Mamlakatimizning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlar kabi, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lini tanlaganligi axborot texnologiyalari sohasida va umuman, elektron hujjatlar aylanmasi sohasida yangi yo‘nalishlar ochib beradi.
Raqamli iqtisodiyotning bir qismi bo’lgan elektron tijoratning O‘zbekistonda
rivojlanishini shartli ravishda ikki davrga ajratish mumkin: 2015 yilgacha bo‘lgan
va undan keyingi davr. 2015 yilgacha bizning mamlakatda normativ-huquqiy baza
ishlab chiqish va tayyorlash bo‘yicha faol ishlar olib borilgan edi.2015 yildaesa
O‘zbekiston Respublikasida 2015-2018 yillarda mo’ljallangan elektron tijoratni
rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilindi, va uo‘rta muddatli istiqbolda elektron