207
13-bob. UMTS VA GSM TARMOQLARINING
O‘ZARO ISHLASHI
Standart spetsifikatsiyalariga ko‘ra, UMTS quyidagi chastotalar
spektridan foydalanadi:
•
“yuqoriga” yo‘nalishda 1885MGs—2025MGs (AUdan BSga
yo‘nalishida);
•
“pastga” yo‘nalishda 2110MGs—2200MGs (BSdan AUga
yo‘nalishida).
AQSHda 1900MGs chastotalar diapazoni bandligi sababli,
UMTS tarmoqlari uchun munosib ravishda 1710MGs – 1755MGs
hamda 2110MGs – 2155MGs polosalar ajratilgan.
Bundan tashqari, ayrim davlatlar
UMTS tarmoqlarini qurish
uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda,
davlat doirasida qo‘shimcha chastota polosalarini ajratishgan
(masalan, AQSHda 850MGs, Finlyandiyada 900MGs).
2004-yilning dekabrida butun dunyo bo‘ylab W-CDMA radio-
ulanish texnologiyasi asosidagi tarmoqlarni joriy etgan operator-
larga jami 120 dan ortiq litsenziyalar (radiochastotadan
foydala-
nishga ruxsat) berilgan edi. Yevropada litsenziya berish jarayoni
yuqori texnologik kompaniyalar aksiyalariga talab kuchaygan
vaqtiga to‘g‘ri kelgan edi. Buyuk Britaniya va Germaniya kabi
davlatlarda, ko‘plab mutaxassislarning fikri bo‘yicha, litsenziyalar
narxi o‘ta yuqori bo‘lib, xarajatlarni qoplay olmaydigan darajada
bo‘lgan. Masalan, Germaniyada operatorlar 6
litsenziya uchun
50 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ sarflaganlar va ulardan ikkitasi
(Mobilcom kompaniyasi va Finlandiyani Sonera va Ispaniyani
Telefonica kompaniyalarining konsorsiumi litsenziyalari) keyin-
chalik to‘lovi qaytarilmasdan bekor qilingan.
UMTS va GSM tizimlari radiointerfeys sathida turli xil me-
xanizmlardan foydalanadi, shuning uchun
ushbu sathda ikkala tar-
moqlar moslasha olmaydilar. Lekin hozirgi paytda ikkala standartda
ishlay oladigan UMTS abonent uskunalari va modullari Yevro-
pa, AQSH, Shimoliy Afrika va Osiyoning ko‘p hududlarida keng
208
tarqalgan. Bunda, agar UMTS tizimining abonenti UMTS xizmat
doirasidan
chetga chiqsa, uning terminali avtomatik ra vishda GSM
formatida qabul qilish va uzatish (hatto tarmoq turli operatorlarga
tegishli bo‘lsa ham) holatiga o‘tadi. Lekin GSM standartining mo-
bil terminallari UMTS tarmoqlarida ishlay olmaydi.
GSM standartida xizmat ko‘rsatayotgan aloqa operatorlari
uchun UMTS standartiga o‘tish texnik
nuqtayi nazaridan oddiy
bo‘lsada, tarmoqni tashkil etish nuqtayi nazaridan ancha xarajatli
bo‘ladi. Yangi darajadagi tarmoqlarni qurishda oldingi infratuzil-
maning aksariyat qismi saqlanib qoladi, lekin shu bilan birga BSlar
uchun yangi uskunalarni sotib olish
hamda yangi litsenziyalar
olish uchun katta miqdorda mablag‘ sarflanishi talab qilinadi.
UMTS tizimining GSM tizimidan asosiy farqi radioulanish tar-
mog‘ini
(ingl. Radio Access Network — RAN)
umumiy ulanish
prinsipida qurilishidadir. Bu UMTS tizimini birlashgan xizmatlar
ko‘rsatuvchi raqamli tarmoqlar — ISDN, Internet,
GSM yoki
boshqa UMTS tarmoqlari bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi.
UTRAN nomini olgan UMTS standarti radioulanish tarmog‘i
“Tizimlarning ochiq o‘zaro ishlash” modelining
(ingl. Open Sys-
tems Interconnection — OSI)
uchta quyi sathlarida ishlaydi, ular-
dan eng yuqorisini (uchinchi, tarmoq sathini) radioresurslarni
boshqaruvchi tizim protokollari (RRC protokoli) tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: