Raqamli mobil aloqa


UMTS standartining kamchiliklari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   289
Raqamli mobil aloqa

13.1. UMTS standartining kamchiliklari
UMTS standartining asosiy kamchiliklariga quyidagilar kiradi:

spektrdan nisbatan samarasiz foydalanish (5MGs kenglikdagi 
juft kanallar) va boshqa xizmatlarga tegishli bo‘lgan chastotalarni 
bo‘shatish zarurati, bu tarmoqlar qurilishini sekinlashtiradi (ma-
salan, AQSHdagidek);

ba’zi davlatlarda (shu jumladan, AQSH va Yaponiyada) ra-
diochastota spektrini taqsimlash tartibi HTI tavsiyalariga mos kel-
maydi va natijada UMTS tarmoqlarini standart uchun mo‘ljallan-
gan chastotalarda qurib bo‘lmaydi;


209

UMTS va GSM tarmoqlari orasida “xendover”ni tekis amal-
ga oshirishning texnologik murakkabligi;

sotaning uncha katta bo‘lmagan radiusi (xizmatlarni to‘liq 
taqdim etish uchun u 1—1,5 km ni tashkil etadi);

akkumulyator batareyalarining kam sig‘imliligi bilan birga 
mobil terminallarning nisbatan og‘irligi. 
CDMA standarti
(Code Division Multiple Access) —
asosida 
kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana 
olish texnologiyasi yotadi. CDMA tizimlarida har bir ovoz oqimi 
o‘zining yagona noyob kodi bilan belgilanadi va bir vaqtning 
o‘zida boshqa ko‘plab kodlashtirilgan ovozlar oqimi bilan 
birgalikda bitta kanalda uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon signalni 
shovqindan ajratish uchun aynan shu koddan foydalanadi. 
Ko‘plab ovozli oqimlar orasidagi yagona farq bu noyob koddir. 
Qoidaga asosan kanalning kengligi juda katta bo‘lib, har bir 
ovoz oqimi diapazonining butun spektrini egallaydi. Mazkur tizim 
kengligi 1,23 MHz bo‘lgan kanallar to‘plamidan foydalanadi. 
Ovoz 8,55 Kbit/s tezlikda kodlashtiriladi, ammo ovoz aktivligini 
va kodlashtirishning turli tezliklarini aniqlash jarayoni ma’lumotlar 
oqimini 1200 bit/s gacha kamaytirishi mumkin. CDMA tizimlarida 
signal quvvatining o‘lchami ekstremal past bo‘lishiga qaramasdan 
juda mustahkam va himoyalangan barqaror bog‘lanishlar 
o‘rnatiladi. Nazariy jihatdan signal o‘lchami shovqin darajasiga 
qaraganda kuchsiz bo‘lishi mumkin. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin