Raqamli mobil aloqa


CDMA-2000 standartining tizim arxitekturasi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   289
Raqamli mobil aloqa

13.2. CDMA-2000 standartining tizim arxitekturasi
CDMA-2000 standartlar turkumi tayanch interfeyslar, tar-
moq unumdorligiga talablar, shuningdek, ko‘rsatiladigan xiz-
matlar tavsifini o‘z ichiga oladi. CDMA-2000 tizimlari oldingi 
CDMA texnologiyasiga asoslangan tizimlar bilan moslashtirilgan 
bo‘lib, bu CDMA-2000 abonent qurilmalari ham CDMA-2000, 
ham SDMAOne (IS-95) tarmoqlarida ishlay olishini bildira-
di. Mos lashtirishni ta’minlash standart uchun tizimning para-
metrlarini, o‘rnatish jarayonlarini va ulanishni qayta ishlash, 
shuningdek, signalizatsiya tizimining parametrlarini belgilaydi. 
Standartda, shu ningdek, abonent qurilmalarining o‘zaro ta’sir-
lashishini boshqarish uchun ularning nurlanish quvvat darajalari 
ham keltirilgan. 
CDMA-2000 tizimining arxitekturasi GPRS va UMTS tizim 
arxitekturalari bilan ko‘plab umumiylikka ega. Bu yerda ham ikki 
darajaga bo‘linish mavjud: radioulanish — RAN va tayanch – CN 
tarmoqlari, shuningdek, paketli va kanalli kommutatsiya uchun 
alohida nimtizimlar ishtirok etadi. CDMA tarmog‘i quyidagi tuzi-
lish elementlaridan iborat (13.1-rasm):
Radioulanish darajasida BTS — tayanch stansiyalar (transifer-
lar) va BSC – tayanch stansiyalar kontrollerlari ishtirok etadi va 
o‘zlari uchun an’anaviy bo‘lgan funksiyalarni bajaradi.
Tayanch tarmog‘i darajasi quyidagi elementlardan iborat:

PCF
(ingl. Packet Control Function)
— paketli uzatishni bosh-
qaruv markazi;

PDSN
(ingl. Packet Data Servise Node)
— paketli ma’lumot-
larni uzatishga xizmat qiladigan tugun. 
Bu tugunlar paketli kommutatsiya jarayonida qatnashishadi.

MSC
– mobil kommutatsiya markazi: GPRS tarmoqlaridagi 
kabi simli tayanch tarmog‘i hisoblanib, radioulanish tarmog‘i va 
umumiy ulanish turg‘un tarmoqlari oralig‘idagi bog‘lovchi tugun 
hisoblanadi. MSC markazi kanalli kommutatsiya yordamida ula-
nishni ta’minlaydi. 


219
Tarmoqning quyidagi tugunlari esa, o‘zlarining an’anaviy funk-
siyalarini bajarishadi:

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin