Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   289
Raqamli mobil aloqa

13.4. FOMA standarti
FOMA
(ingl. Freedom of Mobile Multimedia Acces)
Yaponiya-
ning NTT DoCoMo sotali aloqa operatori tomonidan taqdim eti-
layatgan 3G xizmatlari uchun W-CDMA texnologiyasiga asoslan-
gan standartning savdo belgisi hisoblanadi.
NTT DoCoMo kompaniyasi bu standart ustida ishlarni avvalgi 
asr 90-yillari oxirida boshlab 2001-yilga kelib dunyodagi birinchi 
W-CDMA texnologiyasi asosidagi 3G tarmog‘ini ishga tushirishga 
shay bo‘ldi. Shunday qilib, FOMA birinchi tarmoqlari 2001-yilning 
oktyabrida ikkita yapon shaharlari: Tokio va Yokogamada muvaf-
faqiyatli ishga tushirildi. 2004-yildan boshlab FOMA tarmoqlarida 
ommaviy savdo ko‘rsatkichlari keskin o‘sishni boshladi va abo-
nentlar soni juda ortdi. 2007-yil 29-sentyabr ma’lumotlariga ko‘ra 
FOMA tarmoqlari 40 milliondan ortiq foydalanuvchilarga xizmat 
ko‘rsatgan.
FOMA standarti “yuqoriga” va “pastga” yo‘nalishlarda mos ra-
vishda 1920MGs–1980MGs va 2110MGs–2170MGs chastota di-
apazonlarida FDD dupleksi asosida W-CDMA texnologiyasidan 
foydalanadi. Qo‘shimcha ravishda PDC standarti tarmoqlaridan 
bo‘shashgan 800MGs diapazonidan ham foydalanish ko‘zda tutil-
gan. FOMA standarti ATM texnologiyasini ishlatadi va paketli va 
kanalli kommutatsiya rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, 
ATM qo‘llanilishi tufayli, asinxron trafik hamda “nuqta-nuqta” va 
“nuqta-ko‘p nuqta” rejimlarida kommutatsiya ham qo‘llab-quv-
vatlanadi. FOMA standartida W-CDMA texnologiyasi ikki rejim-
da ishlatilishi mumkin: spektrni kengaytirish asosida 
(ingl. Spread 
Spectrum Technology)
yoki multitezlik asosida 
(ingl. Multirate Tech-
nology)
. Bunda uzatish kanali va tezligi uzatiladigan ma’lumotlar-
ning turi va o‘lchamiga bog‘liq ravishda tanlanadi.


222
Hozirgi vaqtda NTT DoCoMo kompaniyasi “pastga” kanalda 
7,2Mbit/sek va “yuqoriga” kanalda 5,7Mbit/sek gacha ma’lumot 
uzatish tezligini ta’minlovchi “O‘ta tez FOMA” 
(ingl. FOMA 
High-Speed)
nomini olgan HSPA xizmatlarini taqdim etmoqda. 
Umuman, o‘zining texnik xarakteristikalari bo‘yicha FOMA 
standarti UMTS standartiga juda yaqin, shuning uchun bu darslik 
doirasida ushbu standartning qisqa ta’rifi bilan cheklanildi.
Tabiiyki, FOMA standartining bo‘lajak rivojlanishi LTE stan-
darti bilan qo‘shilish tomoniga qaratilgan va ARIB va TTC yapon 
standart ishlab chiquvchilari 3GPP doirasida LTE loyihasini 
yaratishda bevosita ishtirok etganlari bunga qo‘shimcha dalildir.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin