225
14-bob. LTE STANDARTINING
RIVOJLANISH TARIXI
14.1. 3GPP Long Term Evolution (LTE)
3GPP Long Term Evolution (LTE) —
mobil aloqa protokoli
bo‘lib, kelajakda ma’lumotlar uzatish tezligiga bo‘ladigan ehtiyoj-
ni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish bo‘yicha
3GPP loyihasi hisoblanadi. Ushbu takomillashtirish natijasida,
misol uchun,
aloqa samaradorligini oshirish, tarmoqlarni tash-
kil etishdagi xarajatlarni kamaytirish, taqdim etiladigan xizmat-
lar darajasini mukammallashtirish va
kengaytirish, shuningdek,
mavjud mobil va keng polosali aloqa protokollari bilan o‘zaro
hamkorlikni ta’minlab berish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 3GPP
LTE standartida ma’lumot olishning nazariy tezligi 326,4Mbit/
sek, uzatishning tezligi esa, 172,8Mbit/sek gacha etishi mumkin.
LTE standartiga 2004-yilda asos solingan.
Asosiy maqsad
UTRA radioulanish (UMTS standartida foydalaniladigan) ar-
xitekturasini optimizatsiyalash hamda 3GPP loyihasidagi uchin-
chi avlod tizimlaridan to‘rtinchi avlod tomon rivojlanishni
ta’minlab berishga qaratilgan edi. Tadqiqotlarning boshlang‘ich
bosqichidagi asosiy maqsadi ma’lumotlarni yuqori tezlikda uza-
tishni ta’minlab bera oladigan fizik darajadagi
texnologiyani bel-
gilab olish edi. Asosiy variant sifatida ikki yo‘nalish taklif etildi:
yo mavjud W-CDMA texnologiyasi asosidagi radiointerfeysni
rivojlantirish yoki OFDM texnologiyasi asosida ishlaydigan bu-
tunlay yangi radiointerfeysdan foydalanish.
Olib borilgan tad-
qiqotlar natijasida ushbu masalaning yagona yechimi OFDM
texnologiyasidan foydalanish bo‘ldi. LTEning ilk spetsifikatsi-
yalari “3GPP ettinchi relizi”
doirasida yaratilgan edi
(ingl. 3GPP
Release 7)
. 2008-yilning dekabr oyiga kelib, LTE tizimlariga
qo‘yiladigan arxitekturaviy hamda funksional talablarni belgilab
beradigan 3GPP standartlarining 8-relizi
(ingl. 3GPP Release 8)
tasdiqlangan edi (14.1-rasm).