Raqamli mobil aloqa


LTE tizimlari funksionalligiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   289
Raqamli mobil aloqa

LTE tizimlari funksionalligiga qo‘yiladigan talablar
Funksionallik
Talab qilinadigan qiymatlar
Ma’lumotlar uzatish maksimal 
tezligi, (20MGs polosa keng-
ligida)
“pastga” kanalda: 100Mbit/
sek dan kam bo‘lmasligi;
“yuqoriga” kanalda: 50Mbit/
sek dan kam bo‘lmasligi kerak
Abonentlarning mobillik da-
rajasi
350–500 km/soat ga
Abonent uskunasining faol 
rejimga o‘tish vaqti (passiv 
holatidan aktiv holatga o‘tish 
vaqti)
100 ms dan ko‘p emas


233
Javob kechikishi vaqti
10ms dan ko‘p emas
Tarmoq sig‘imi
Bir sotada abonentlar soni 200 
tadan kam bo‘lmasligi kerak 
(5MGs polosa uchun)
Radioqamrov zonasi (sotaning 
o‘lchami)
5–100 km gacha, (ammo 30 
km dan ortiq masofada og‘ish-
lar boshlanishini hisobga olgan 
holda)
Chastota kanali kengligi (ka-
nalning o‘tkazish polosasi)
1,4MGs; 3MGs; 5MGs; 
10MGs; 15MGs va 20MGs
Jadvalda ko‘rsatilgan talablardan tashqari, LTE standarti oldi-
ga tizimning umumiy qiymatini va iste’mol quvvatini kamaytirish 
hamda tizimning aks moslashuvchanligini va UMTS tizimlaridan 
samarali o‘tishni ta’minlash kabi talablar qo‘yilgan. Bunda LTE 
texnologiyasi 3GPP tarmoqlari bilan, “6-reliz”dan boshlab, (HS-
DPA, HSUPA, HSPA+ larni o‘z ichiga oladi) moslashuvchanlik-
ni to‘liq ta’minlashi kerak. “Broadcast” va “multicast” xizmatlari 
(barcha yoki ko‘p sonli abonentlarga keng qamrovlik uzatish)ni 
takomillashgan turlarini, IP-protokollarining turli versiyalari (IPv4 
va IPv6)ni, uzluksiz xizmat sifati – QoS ning takomillashgan usul-
larini qo‘llash, shuningdek, tarmoq arxitekturasida variantlar soni 
hamda rezervlash funksiyalarining qisqartirilishi kabi imkoniyatlar 
ham LTE standartiga qo‘yiladigan talablar sirasiga kiradi.
LTE tizimlarining spektral samaradorligi “pastga” yo‘nalishda 
HSDPA texnologiyasiga nisbatan 3–4 marta yuqori bo‘ladi, “yu-
qoriga” yo‘nalishda esa, HSUPA texnologiyasiga nisbatan 2–3 marta 
yuqori bo‘ladi. LTEda “xendover” jarayoni ikkinchi avlod darajasida 
kanal kommutatsiyasi asosida ishlaydigan tarmoqlardagiga nisbatan 
vaqt jihatidan ancha qisqa bo‘ladi. Bundan tashqari, LTE hamda 
2G/3G tarmoqlari orasidagi “xendover” uzluksiz amalga oshadi.


234
LTE tarmoqlaridagi axborot xavfsizligi darajasi (autentifikatsiya, 
identifikatsiya, ma’lumotlarni shifrlash) hozirda mavjud bo‘lgan 
paketli va kanalli kommutatsiyaga asoslangan 3GPP tarmoqlarni-
kidan past bo‘lmasligi kerak. Autentifikatsiya jarayoni tarmoqqa 
ulanish texnologiyasi va turiga bog‘liq bo‘lmasligi lozim.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin