Raqamli mobil aloqa


EPC — takomillashtirilgan paketli tayanch tarmog‘i



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   289
Raqamli mobil aloqa

14.3.2.2. EPC — takomillashtirilgan paketli tayanch tarmog‘i
LTE/SAE tizimining tayanch tarmog‘i – EPC funksionallik 
jihatdan uch asosiy tarkibiy qismdan iborat:
• 
Mobillikni boshqarish moduli – MME 
(ingl. Mobility Ma-
nagement Entity)

Xizmat ko‘rsatish shlyuzi – S-GW 
(ingl. Serving Gateway)

Ayrim manbalarda S-GW shlyuzi 3GPP Anchor (3GPP Langar) 
deb ham yuritilgan.

Paketli ma’lumotlar tarmog‘i shlyuzi – PDN GW 
(ingl. Packet Data 
Network Gateway, qisqartirilganda P-GW). 
Shuningdek, adabiyotlarda ush-
bu shlyuz SAE Anchor (SAE Langar)
 
ko‘rini shida ham kelishi mumkin.
ERS tarmog‘ining so‘nggi ikki tashkil etuvchilari mobil aloqa 
tayanch tarmoq arxitekturasining butunlay yangi elementlari hi-


236
s oblanib, ularni paydo bo‘lishining asosiy sababi yuqorida aytib 
o‘tilgan abonentning turli tipdagi tarmoqlar orasida ko‘chib yu-
rishi jarayonida mobillikni ta’minlash talabidir. S-GW va P-GW 
shlyuzlarini yagona shlyuz sifatida nomlanganda, IASA 
(ingl. In-
ter Access System Anchor)
nomi ishlatiladi, agarda ular yagona 
tarmoq elementi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, bunday element – ula-
nish shlyuzi aGW 
(ingl. access GW)
deb nomlanadi.
EPC tarmog‘ining funksional elementlarini qurilma jihatdan 
birlashshtirish yoki tarmoq bo‘yicha taqsimlash mumkin, bu esa 
qo‘llaniladigan qurilmalar va tarmoqning xususiyatlariga bog‘liq. 
Masalan, MME hamda S-GW modullari o‘zaro aralash bo‘lishi 
yoki tarmoqning turli tugunlarida joylashgan bo‘lishi mumkin.
Nazorat savollari:
1. WiMAX tayanch tarmog‘i tugunlarining o‘zaro ta’sirlashishi 
qanday amalga oshadi? Tayanch nuqtalarning funksiyalarini qis-
qacha bayon eting.
2. WiMAX tarmog‘idagi mobil ruxsat etish rejimini bayon eting.
3. WiMAX tarmog‘i topologiyasi umumiy ko‘rinishda qanday ko‘ri-
nadi? WiMAX tarmog‘i topologiyasining modifikatsiyasini keltiring?
4. WiMAX tarmog‘i Mesh rejimda qanday tashkil etiladi?
5. WiMAX tarmoqlarini qurishga bog‘liq qanday murakkab-
liklar mavjud?
6. Nurlarni shakllantirilishi usulini (beamforming) bayon eting. 
Nurlarni shakllantirilishi usulini qo‘llanilishining qanday ijobiy 
tomonlari mavjud.
7. Nurlarni shakllantirilishi usuli va MIMO texnologiyalarini 
birlashtirishda qanday murakkabliklar mavjud?


237

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin