248
2. Nurlarni shakllantirilish usuli tayanch stansiyalar sonini qan-
day qisqartirish beradi?
3 Nurlarni shakllantirilishi usulidan foydalanish hisobiga tar-
moqning o‘tkazish qobiliyatini qanchalik oshirilishiga erishiladi?
4. Nurlarni shakllantirilishi usulidan foydalanish
hisobiga qan-
day chastotadan takroran foydalanish koeffitsientiga erishish
mumkin?
5. WiMAX tarmoqlarida MIMO texnologiyalardan foydala-
nishning qanday asosiy afzalliklari mavjud?
6. Nurlarni shakllantirilishi usuli
va MIMO texnologiyalarni
birlashtirishda qanday murakkabliklar mavjud?
7. Nurlarni shakllantirilishi usuli va MIMO texnologiyalarni
birlashtirishda qanday yutuqqa erishiladi?
8. WiMAX tizimlari uchun radiochastotalarni taqsimlashda
qan day butundunyo an’analari mavjud?
9. WiMAX tarmoqlari uchun spektrni
taqsimlash qanday mu-
ammolarga bog‘liq?
249
16-bob. EMM DARAJASIDA AU NING
MOBILLIK HOLATLARI
16.1. EMM darajasida AUning mobillik holatlari.
Noaktiv holatdagi mobillik
AUlarining mobilligik boshqaruvi “uy” va mehmon sotalarda
ishlatiladigan radiotexnologiyalarga, AUni mobil holatiga va ax-
borot jo‘natiladigan OTO‘ darajasiga asoslangan holda klassifikat-
siya qilinadi.
LTE tarmoqlarida soddalashtirilgan ko‘rinishda AU, mobillik
nuqtayi
nazaridan, 16.1-rasmda ko‘rsatilganidek, uch holatdan
birida bo‘lishi mumkin: “Ulanmagan LTE”
(ingl. LTE Detached)
,
“Noaktiv LTE”
(ingl. LTE Idle)
, va “Aktiv LTE”
(ingl. LTE Ac-
tive)
holatlari.
Bunda
“Ulanmagan LTE”
, odatda, o‘tkinchi holat bo‘lib, u
AUni endi yoqilib tarmoqni qidirish va unga ulanish jarayonida
bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.
“Aktiv LTE”
holatida AU tarmoqqa ulan-
gan va RRC darajasida eNB tugunida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi.
Bu holatda AU qaysi sotaga bog‘langani ma’lum bo‘lib,
u bilan
ma’lumot ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
“Noaktiv LTE”
AU quv-
vatini tejash holatiga mos bo‘lib, bu holatda AU ma’lumot pa-
ketlarini uzatmaydi ham, qabul ham qilmaydi. Bu holatda AUga
tegishli kontekstlar eNB tugunida saqlab qolinmaydi,
chunki AU
ning territorial joylashuvi faqatgina MME moduliga ma’lum, u
ham bo‘lsa bir necha eNB tugunidan iborat bo‘lgan “kuzatuv zo-
nasida” – TA
(ingl. Tracking Area).
MME moduliga AUni oxirgi
marta ulangan TA zonasi ma’lum bo‘ladi va AUning joylashuvini
aniqlash uchun qisqa xabar – peydjing yuboriladi.
Batafsilroq ravishda AUning mobillik
holatini MME modulida
saqlanuvchi axborotga qarab ikki darajaga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: