Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   289
Raqamli mobil aloqa

16.6-rasm. 
LTE tarmog‘ida “xendover” jarayoni.
Shu bilan birga 3GPP loyihasi doirasida RLC kontekstini to‘liq 
o‘tkazish kerakmi yoki har bir “xendover” jarayonidan so‘ng 
uni yangilash kerakmi, degan munozaralar o‘tgan. Ko‘pchilikni 
fikricha, “xendover” paytida RLC konteksti yangilanishi kerak
chunki kontekstni o‘tkazish o‘ziga yarasha qiyinchiliklar bilan 
bog‘liq. Lekin RLC konteksti yangilanganida AUga to‘liq uza-
tilmagan xizmat ma’lumotlar bloklari — SDU 
(ing. Service Data 
Units)
qayta yuborilishi kerak bo‘ladi, bu esa radiointerfeys re-
surslarini samarasiz ishlatilishiga olib keladi. Shuningdek, RLC 
konteksti har bir “xendover”da yangilanishi bilan bog‘liq boshqa 
bir muammo ham vujudga keladi: mehmon eNBga buferning 
birinchi tasdiqlanmagan SDU blokidan boshlab barcha ma’lu-
motlari uzatilishi kerakmi yoki faqat tasdiqlanmagan SDU 
bloklarni o‘zlari xalosmi? 3GPP loyihasi “xendover” paytida 
faqatgina tasdiqlanmagan “pastga” yo‘naltirilgan SDU bloklari 
“xandover”
tugadi


261
mehmon eNBga uzatilishini qaror qildi. AUda paketlarni tartib-
ga keltirish va ularni yuqoriroq darajalarga uzati lishida tartibni 
saqlash uchun PDCP protokolidagi paketlarning tartib raqamlari 
mehmon eNBda ham davom etishi belgilangan. AUga yo‘nal-
tirilgan bufer va kontekst ma’lumotlar eNB tugunlari orasida 
bevosita yangi X2 interfeysi orqali S-GW shlyuzining ishtirokisiz 
o‘tkaziladi.
Yana bir muhokama etilgan savol — “xendover” vaqtida 
AU kontekstini uzatishda sarlavhalarni mustahkam siqish ja-
rayoni – RoHCni ishlatish bilan bog‘liq bo‘ldi. Ma’lumot 
uzatish tezligini oshirish nuqtayi nazaridan RoHC yutuq 
beradi, lekin bunda infratuzilma murakkablashadi va tar-
moqning narxi oshadi, chunki LTE tizimlarida bu jarayon 
eNB darajasida amalga oshgani sababli RoHCning yangila-
nish tezligi ko‘proq bo‘ladi va bu UMTS tarmoqlarida RNC 
darajasida tugaydigan PDCP protokolida amalga oshadigan 
RoHC jarayonidan farqlanadi. Bu masalada yakuniy qaror 
qabul qilinishi kerak.
LTE tarmoqlari va 3GPP boshqa tarmoqlari orasidagi “xendo-
ver” uchun SGSN tuguni va S-GW shlyuzi orasidagi abonent sathi-
da interfeys tashkillashtirish qaror qilingan. Bunday interfeys sifati-
da GPRS tarmoqlarini abonet sathida ishlatiladigan tunellashtirish 
protokoli (GTP-U) tanlangan. Garchi “xendover”ning bunday turi 
bevosita LTE tarmoqlari ichidagidan ko‘ra kamroq amalga oshsa-
da, 3GPP loyihasi bu turdagi “xendover”da paketlarni yo‘qolishini 
kamaytirish usullarini belgilab berdi va qarorni yoki bevosita eNB 
dan RNCgacha, yoki S-GW va SGSN tugunlari vositasida ishlay-
digan bufer yuborish sxemasi foydasiga qabul qildi. 
LTE tarmoqlari va boshqa “no-3GPP” tarmoqlar orasidagi 
“xendover” uchun turli kommutatsiya protokollari ishlatiladi. 
Shunday qilib, S2a interfeysi orqali ham tarmoq muhiti pro-
tokoli — NBM 
(ingl. Network Based Mobility)
ishlatiladi, ham 
xost-mashinalarga bog‘liq protokolning abonent rejimi — HBM 


262
(
ingl. Host Based Mobility
) ham ishlatiladi. Birinchi guruhga, ma-
salan, PMIPv6 protokoli 
(ingl. Proxy Mobile IP version 6) 
kirsa, 
ikkinchisiga MIPv4 FA 
(ingl. Mobile IP version 4 Foreign Agent)
protokoli kiradi. S2b interfeysi orqali faqat PMIPv6 protokoli ish-
latiladi, S2c interfeysida ishlash uchun esa afzallik DS-MIPv6 
(ingl. Dual-Stack Mobile IP version
6) protokoliga berilgan. 3GPP 
va “no-3GPP” tarmoqlar orasidagi “xendover” ning mobillik sx-
emasi AUning “xendover” paytida kirib qoladigan mehmon tar-
mog‘ida AU “xendover”ga kirgunga qadar u uchun ajratilgan re-
surslar bo‘lishi (ya’ni “bashorat qilingan xendover” rejimi amalga 
oshishi) ko‘zda tutilmagan. Lekin uzluksiz mobillikni tashkillasht-
irish bo‘yicha mehmon tarmoqlarda resurslar ajratish bo‘yicha 
takliflar ko‘rib chiqilgan edi. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin