266
• LTE tarmoqlari bo‘yicha 3GPP texnik spetsifikatsiya ta
-
lablariga asosan radioulanish tarmoqlari darajasida tarmoqlararo
hamkorlikni ta’minlash;
• mahalliy tarmoqning radioqamrov hududidan tashqarida
LTE tarmoqlari qo‘llab-quvvatlaydigan
chastota diapazonlarini
“skaning” qilish (izlash), sotalarni tanlash, “mehmon” tarmog‘ida
autentifikatsiya hamda avtorizatsiya jarayonlarini bajarish;
• “mehmon” tarmog‘ida autentifikatsiya amalga oshirilgani
-
dan so‘ng abonent uskunasi uchun IP-manzil ajratish hamda
“mahalliy” va/yoki “mehmon” tarmoqlari
xizmatlariga ulanish-
ni ta’minlash;
• “rouming” sharoitida signalizatsiya trafigini marshrutlash
hamda tarmoqlararo “billing”ni ta’minlash.
LTE tarmoqlarida “rouming”ni texnik aspektlari 3GPPning bir
nechta spetsifikatsiyasi asosida tartibga solinadi. Ularning asosiysi
23-seriya (TS 23.401 va TS 23.402) deb nomlangan spetsifikatsi-
yalar turkumiga birlashgan.
TS 23.401 hamda TS 23.402 spetsifikatsiyalarida
mos ravishda
3GPP hamda “no-3GPP” ulanish tarmoqlari bilan “rouming”ni
amalga oshirish masalalari keltirilgan. TS 23.003 spetsifikatsiyasi-
da ovoz xizmatlarida mobil “rouming” raqami shakllantirilishi,
mobil yoki keng polosali simsiz ulanish IP tarmoqlari uchun iden-
tifikatorlar aniqlanishi bo‘yicha ma’lumot keltirilgan. TS 36.410
hamda TS 29.215 spetsifikatsiyalari TS 23.401 va TS 23.402 lar
bilan birgalikda “rouming” jarayonida LTE tarmog‘i interfeysla-
rining vazifalarini aniqlaydi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, LTE tarmoqlari “uzluksiz” mobil-
lik
konsepsiyasiga asoslanadi, ya’ni bugungi kunda mavjud bo‘lgan
barcha mobil keng polosali aloqa tarmoqlari bilan “xendover” va
“rouming” jarayonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun tex-
nologiyada quyidagi IP tarmoqlarda mobillikni boshqarish pro-
tokollarini ishlatish ko‘zda tutilgan: xost asosida qurilgan mobil
IP protokollar (MIPv4, MIPv6 versiyalari),
shuningdek tarmoqlar
asosida qurilgan protokollar — PMIPv6 (mobil proksi-protokol-
267
lar). Xost asosidagi mobillikni boshqarish protokollari — HBM
bevosita AUda ishlaydi. Tarmoq asosidagi protokollar — NBM
esa mobillikni boshqarish vazifalaridan AUni imkon qadar ozod
qilishga yo‘naltirilgan.
MIPv4 protokoli IPv4 protokolining mobillikni ta’minlashga
qaratilgan takomillashtirilgan turi hisoblanadi. Unga ko‘ra AU
ulanish tarmog‘idan qat’i nazar har doim o‘zining “uy” IP manzili
bo‘yicha
identifikatsiya qilinadi, garchi “mehmon” tarmog‘ida u
boshqa IP manzil olsa ham (mazkur nomli “care-of”-manzil). IP
manzillarni belgilash dinamik konfiguratsiya protokoli — DHCP
Dostları ilə paylaş: