Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   289
Raqamli mobil aloqa

(ingl. Dynamic Host Configuration Protocol)
tomonidan bajarila-
di. MIPv4 protokolining ishi NA — “uy” tarmoqlari agenti, FA 
— “mehmon” tarmoqlari agenti hamda CN 
(ingl. Correspondent 
Node)
— korrespondent tuguni kabi tarmoq elementlarining o‘za-
ro hamkorligi yordamida tashkil etilgan.
NA agent FA agent yordamida “mehmon” tarmoqda ro‘yxatga 
olingan AUning IP manzili (“care-of” manzili) haqidagi ma’lu-
motga ega. IP sessiyani aniqlab, NA agent AU uchun belgilan-
gan ma’lumotlarni maxsus IP tunneldan foydalangan holda uning 
yangi “care-of” manziliga jo‘natadi.
“Sare-of” manzil AUga ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ajratila-
di va ikki turda bo‘lishi mumkin, ya’ni “foreign agent care-of 
address” (FACoA) — “mehmon” agentining “care-of” manzili 
hamda “co-located care-of address” (CLCoA) – birga joylashgan 
“care-of” manzil.
FACoA tipidagi manzil IP tunnellarning oxirgi nuqtalaridan 
biri bo‘lgan FA agentning IP manzili deb hisoblanadi (IP-tun-
nelning boshqa oxirgi nuqtasi esa NA agentdir). FA agent tun-
neldan ma’lumotlarni olgach, paketlarni dekapsulyatsiya (ajratib 
chiqarish) qilib, AUga uzatadi.
CLCoA tipidagi manzil IP tunnelning oxirgi nuqtasi bo‘lgan 
bevosita AUning IP manzili hisoblanadi. Bunday holatda AU 
mustaqil ravishda IP tunnel ma’lumotlarini dekapsulyatsiya qila 
oladi.


268
FA hamda HA agentlarining o‘zaro hamkorligi AUni ro‘yxatga 
olish jarayonida “Agent Advertisement” xizmat xabari yordami-
da amalga oshiriladi. Bundan tashqari autentifikatsiya jarayonida 
MAS manzil asosida ARP 
(ingl. Address Resolution Protocol) 
man-
zilni aniqlovchi protokol ishlatilishi ham mumkin. ARP protokoli 
terminalni MAS manzilini uning IP manzili bo‘yicha aniqlash 
uchun mo‘ljallangan kanal sathi protokoli hisoblanadi.
Abonent uskunasining FA agent bilan o‘zaro hamkorligi “Agent 
Solicitation” xizmat xabari yordamida amalga oshiriladi. Ushbu 
xabar asosida AU o‘zining joylashgan manzilini aniqlaydi (“uy” 
yoki “mehmon” tarmoqda) va FA o‘rnatilishi bo‘yicha istalgan 
o‘zgarishlar bo‘yicha axborot oladi. AU “mehmon” tarmog‘idan 
o‘z “uy” tarmog‘iga qaytganida, “Registration Request” hamda 
“Registration Reply” juftlik xizmat xabarlari yordamida NA agen-
tidagi o‘zining tashqi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot-
larini bekor qiladi.
AU “mehmon” tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan paytida, CN-kor-
respondent tugunidan abonent uskunasi uchun mo‘ljallangan 
ma’lumotlar paketi NA agenti yordamida “mehmon” tarmoqqa 
yo‘naltiriladi. Yo‘naltirish yoki avval FA agentiga keyin AUga 
yoki “Care-of” manzil turiga bog‘liq holda bevosita to‘g‘ridan 
to‘g‘ri AUga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AUdan CN 
— korrespondent tuguniga ma’lumotlar paketini uzatish FA agen-
ti orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladi.
MIPv4 protokoli kamchiligi — uning tarmoq resurslaridan sa-
marasiz foydalanishi edi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish uchun 
MIPv6 protokolida funksionali kengaytirilgan IPv6 protokoli tash-
kil qilingan. Tarmoq resurslaridan samarali foydalanish optimal 
marshrutizatsiya — RO 
(ingl. Route Optimization)
mexanizmini 
joriy qilish hisobiga amalga oshadi. Optimal marshrutizatsiya ja-
rayonida ma’lumotlar paketi CN korrespondent tugunidan bevo-
sita AUga jo‘natiladi. AUning IP manzili almashgani to‘g‘risida 
CN tugunini ogoh qilish uchun maxsus boshqaruvchi xabar ish-
latiladi.


269
MIPv6 ni joriy qilish ketma-ketligi shunday holatga olib kela-
diki, tarmoq qurilmasining bir qismi MIPv4 manzillaridan, bosh-
qasi esa, MIPv6 manzillaridan foydalanadi. Bunday holatda mo-
billikni boshqarish uchun ham MIPv4, ham MIPv6 protokolidan 
foydalangan holda tunnel hosil qiluvchi DSMIPv6 – ikkilangan 
(dual) protokoli ishlatiladi.
PMIPv6 tarmog‘i negizidagi mobillikni boshqarish protokoli 
o‘zining funksionalligi bo‘yicha ko‘proq MIPv6 ga o‘xshaydi. Ush-
bu protokollarning asosiy farqi shundaki PMIPv6 protokoli, asosan, 
tarmoq segmentida tashkil etilgan. Ushbu protokolning asosiy yu-
tug‘i AUni mobillikni boshqarish vazifasidan ancha ozod qilgani-
dir, va shuni hisobiga ulanish tarmog‘i hamda abonent uskunasi-
ning resurslari iqtisod qilinganidir. Bu kabi yutuqlar radioula nish 
tarmoqlari uchun nihoyatda dolzarb hisoblanadi. 3GPPning TS 
23.402 8 Reliz spetsifikatsiyasiga ko‘ra PMIPv6 LTE tarmoqlarida 
nafaqat “no-3GPP” tarmoqlari bilan, balki 3GPP tarmoqlari bilan 
ham ulanishda GTP protokoliga mobillikni boshqaruvchi asosiy 
protokollardan biri deb hisoblanadi. 
Shunday qilib, LTE tarmoqlari boshqa standart tarmoqlari bi-
lan o‘zaro hamkorligi jarayonida turli xil mobillikni boshqarish 
protokollaridan foydalanishi mumkin. Ayni bir protokolni tanlash 
AU hamda ulanish tarmog‘iga, aniqrog‘i, ular qo‘llab-quvvat-
laydigan protokollarga bog‘liq. Bunday tanlov mexanizmi IPMS 
(ingl. IP-Mobility Management Selection)
tarmoq jarayoni ko‘ri-
nishida tashkil etilgan.
IPMS jarayoni faqatgina AU “no-3GPP” ulanish tarmog‘ida 
ro‘yxatdan o‘tganida yoki AU “no-3GPP” ulanish tarmog‘iga 
“xendover” bajarganida amalga oshadi. AU 3GPP ulanish tar-
mog‘i vositasida EPC tayanch tarmog‘iga ulanganida IPMS ja-
rayoni ishlatilmaydi. 
“Rouming”ni qo‘llab-quvvatlovchi bir nechta tayanch inter-
feyslar mavjud. S1 interfeysi eNB — tayanch stansiyaning bosh-
qaruv sathida MME (S1-MME) — mantiqiy tuguni bilan, abo-
nent sathida esa, S-GW (S1-U) shlyuzi bilan o‘zaro hamkorligini 


270
ta’minlaydi. S8 interfeysi “mehmon” tarmog‘idan “uy” tarmog‘i 
yo‘nalishida S-GW hamda P-GW shlyuzlarining o‘zaro hamkor-
ligini ta’minlaydi va “uy” tarmog‘ining trafigini marshrutizat-
siyasini amalga oshiradi. S9 interfeysi QoSni boshqarish uchun 
“mehmon” tarmog‘idan “uy” tarmog‘i yo‘nalishida ulanish siyo-
sati va tarifikatsiyani boshqaruvchi PCRF — mantiqiy modullar 
orasida o‘zaro aloqani ta’minlaydi (17.1-rasm).
HSS
PGW
vPCRF
SGW
E-UTRAN
VPLMN
MME
S1-MME
2G/3G
S9
S8
S4
S3
S1-U
S10
S11
S12
HPLMN
Operatorlar
IP xizmatlari
(IMS, PSS va h.k.)
3GPP ulanish
tarmoqlari
Rx
Gx
Gxc
SGi
SGSN
hPCRF
S6a

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin