272
tarmoqlari xizmat hududiga o‘tishda uzluksiz “rouming”ni
amalga oshirish imkoniyatini namoyish etishdi. Ushbu tex-
nologiyaning afzalligi shundaki, u nafaqat ma’lumot uzatishni,
balki, ovoz trafigini uzatishni, SMS hamda multimedia xiz-
matlarini ham ta’minlaydi.
LTE tarmoqlarida “rouming”ni joriy qilish bo‘yicha ish-
lar O‘zbekistonda ham jadal ravishda olib borildi. Masalan,
2010-yilda MTS kompaniyasi (Rossiya) “MTS O‘zbekiston”
hamda “VivaSell-MTS” (Armaniston) kompaniyalari orasi-
da 2,6GGs diapazonida xalqaro “rouming”ni tashkil qildi.
Sinov jarayonida Samsung GT B3710 hamda Huawei E398
rusumli modemlardan foydalanildi. “Rouming” xizmatlarini
sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli amalga oshdi hamda o‘za-
ro “LTE-rouming”ni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy jara-
yonlarni tashkil etish maqsadida kompaniyalar o‘zaro ham-
korlikni boshlashdi.
Dostları ilə paylaş: