278
trafik darajasi operatorlar tomonidan tezlik hamda trafik hajmi-
ga cheklovlar kiritish hisobiga boshqarib turilibdi, lekin bu kabi
uslub lardan uzoq vaqt foydalanib bo‘lmaydi va bu mobil keng
polosali xizmatlarning umumiy rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Turli xil aloqa xizmatlarining konvergensiyasi natijasida ho-
zirgi kunda operatorlarga universal hisoblash tizimlari yanada
dolzarb bo‘ladi. Bunday hisoblash tizimlari almashilgan trafik
asosida hisob-kitob qiluvchi an’anaviy ovoz va ma’lumot uza-
tish xizmatlari ni qo‘llab-quvvatlashi hamda yangi, asli ma’lu-
mot uzatish tarmoq
larida asoslangan va ularning uzluksiz
qismi bo‘lgan xizmatlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim bo‘ladi.
Multiservis (ko‘p sonli xizmatlar) sharoitida va turli xil hi-
soblash modellari asosida abonentlar so‘zlashuvlarini hamda
trafiklarini hisoblashga mo‘ljallangan yagona “billing” xizma-
ti “konvergent billing” nomini oldi. Oddiy misol – “Triple
Play” xizmatlari, ya’ni foydalanuvchilarga “bir paketda” ham
ma’lumot uzatish, ham telefoniya, ham televi denie xizmatla-
rini ko‘rsish. Murakkabroq misollar – bu “bulutli xizmatlar”
(IaaS, SaaS), o‘zaro joylashuvi uzoqroq bo‘lgan yirik kor-
porativ mijozlar uchun VPN tarmoqlarini tashkil qilish va
boshqalar.
Bu kabi masalalarni hal etishda yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek
3GPP loyihasida LTE/SAE arxitekturasiga xizmat ko‘rsatish si-
fatini moslashuvchan boshqara oladigan hamda to‘rtinchi avlod
yangi xizmatlarini ko‘rsata oladigan yangi funksional elementlar
qo‘shimcha ravishda kiritildi. Xususan, bu funksional elementlar
LTE tarmog‘ida quyidagi vazifalarni bajaradi:
Dostları ilə paylaş: