Raqamli mobil aloqa


• abonentlarning moliyaviy imkoniyati hamda ehtiyojlarini hi- sobga olgan holda qulay tariflarni qo‘llash; •



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   289
Raqamli mobil aloqa


abonentlarning moliyaviy imkoniyati hamda ehtiyojlarini hi-
sobga olgan holda qulay tariflarni qo‘llash;

foydalanilgan ilovalarga bog‘liq holda tarifikatsiyani ta’min-
lash;

faqatgina aloqa operatoriga ma’lum bo‘lgan abonentlarning 
joylashgan manzili bilan bog‘liq xizmatlar (masalan, sifatli kon-
tekstli reklamalar uchun);


279

operator tomonida trafik mazmunini filtrlash, shuningdek, 
foydalanilayotgan xizmatlarga vaqt bo‘yicha hamda davomiylik 
bo‘yicha cheklovlar o‘rnatish (ushbu masalaning dolzarbligi shun-
daki, bugungi kunda Internet foydalanuvchilarining aksariyat qis-
mini yosh bolalar tashkil etmoqda);

aloqa xavfsizligiga tahdid qiluvchi, xalaqit beruvchi saytlar 
hamda dasturlardan himoyalanishi.
O‘z navbatida, LTE tarmoq arxitekturasi doirasida ushbu vazi-
falar ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tarifikatsiyasini hamda abo-
nentlarga xizmat ko‘rsatish siyosatini (qoidalarini) boshqarish 
funksiyasiga taalluqlidir (qisqacha “tarifikatsiya va siyosatni bosh-
qarish” funksiyasi).
18.4. LTE tarmog‘ida tarifikatsiya va siyosatni boshqarish
Tarifikatsiya va siyosatni boshqarish – 
PCC
(ingl. Policy and 
Charging Control)
funksiyasi LTE tarmog‘ida (3GPP 8-relizi), 
18.1-rasmda ko‘rsatilganidek, ilova serverlari yordamida xizmat-
lar sifati — QoSni, tarifikatsiyani va siyosatni dinamik tarzda 
boshqaruvini ta’minlaydigan, amalda ishlatilgan platforma asosida 
quriladi.
Rasmda ko‘ringanidek, RSS funksiyasi taqsimlangan arxitek-
turaga ega va spetsifikatsiyalangan o‘ziga xos vazifalarni ba-
jaruvchi quyidagi bir nechta funksional elementlardan tashkil 
topgan:

PCRF 
(ingl. Policy and Charging Rules Function)
– siyosatni 
va tarifikatsiya qoidalarini boshqarish hamda ma’lumot oqimlari 
asosida qarorlar qabul qilish vazifasi;

PCEF 
(ingl. Policy and Charging Enforcement Function)
– 
SGW xizmat ko‘rsatish shlyuzida tashkil etilgan tarifikatsiya ham-
da siyosatni qo‘llash vazifasi va PCRF boshqaruvi ostida mustaqil 
IP oqimlar uchun shlyuzlash hamda QoS ni boshqarish funksi-
yalarini bajaradi. PCEF vazifasi, shuningdek, tarifikatsiya maqsa-
dida trafikni baholashda ham qatnashadi;


280

OCS 
(ingl. Online Charging System)
– foydalanuvchilarga 
PCEF vositasida, ulanish vaqti, uzatilgan/qabul qilingan trafik 
hajmi yoki boshqa turdagi pullik xizmat ko‘rinishidagi xizmatlarni 
ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan “onlayn” (real vaqt asosida) tarifikat-
siya vazifasi; 

OFCS
 (ingl. Off-line Charging System)
– “off-layn” (noreal 
vaqt asosida) tarifikatsiya vazifasi, RCEF dan abonent xizmatdan 
foydalanganligi to‘g‘risida ma’lumot oladi va foydalanilgan xiz-
matlarning tarifikatsiyasi bo‘yicha keyinchalik “billing” tizimida 
foydalanish uchun CDR 
(ingl. Charging Data Records)
yozuvlarini 
yaratadi. 

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin