Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   289
Raqamli mobil aloqa

19.1-rasm.
 MIMOning soddalashtirilgan ko‘rinishi.
FA rejimida signal nusxalarini bir necha uzatuvchi va mos ra-
vishda bir necha qabul qiluvchi antennalarga ajratish amalga oshi-
riladi (ya’ni, bir xil axborot bir necha qabul qilish/uzatish traktlari 
bo‘yicha yuborib qabul qilinadi). 
FM rejimida ketma-ket ma’lumotlar oqimi bir necha paral-
lel oqimlarga bo‘linadi va bir necha qabul qilish/uzatish trakt-
lari bo‘yicha uzatiladi va qabul qilinadi (ya’ni ma’lumotlar 
oqimini uzatish tezligi bir necha martagacha oshadi). Shunday 
qilib, FM rejimi kanalning yuqori sig‘imini (o‘tkazuvchanlik 
qobiliyatini) ta’minlashi mumkin, lekin signal sifatini yaxshi-
lamaydi, aksincha uni xatto yomonlashtirishi ham mumkin. 
Buning aksiga, FA rejimi signal sifatini sezilarli tarzda yax-
shilaydi va qabul qilgich tomonida yuqori “signal-shovqin” 
nisbatini ta’minlaydi, lekin kanalning o‘tkazuvchanlik qobili-
yatini deyarli o‘zgartirmaydi. Xususan, keng qamrovli sotalar-
da FM o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlaydi, chunki aloqa 
masofasi qancha uzoq bo‘lsa, shunchalik signal kuchli bo‘lishi 
kerak. Amaliyotda MIMOning ikkala rejimining kombinatsi-
yasini ham qo‘llash mumkin (masalan, 4*4 sxemali MIMO-
da fazoviy ajratilgan ikki juft multiplekslovchi antennalarni 
qo‘llash mumkin).


288
MIMO texnologiyasining afzalliklariga quyidagilar kiradi:

“Pastga” yo‘nalishdagi kanallarning ishini yaxshilash, bu 
radioto‘lqinlar kuchli tarqalishi sharoitida signalning turg‘un va 
ishonchliroq uzatilishida namoyon bo‘ladi. “Yuqoriga” yo‘nalish-
dagi kanallar uchun yaxshilanishlar sezilarli emas;

Bir necha mustaqil oqimlar bir vaqtda uzatilganda yuqoriroq 
darajadagi modulyatsiya sxemalarini ishlatish hisobiga kanalning 
o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish;

Tizimning, ayniqsa abonentlarni yuqori mobillik holatlarida, 
ish xarakteristikalarini stabilligini oshirish. 
MIMO ning kamchiliklariga qayta akslanish bo‘lmagan hollar-
da, masalan, inshootlar nozich joylashgan tumanlarda, avtoma-
gistral yoqalarida, daryo bo‘ylab va shunga o‘xshash hollarda sifat 
xarakteristikalari pasayishini kiritish mumkin.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin