Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   289
Raqamli mobil aloqa

R
x
ajratishdan foydalanish uchun ko‘p sonli 
qabul qilish antennalari (uzatish antennalaridan ko‘proq) va mos 
demultiplekslash algoritmlari ishlatiladi. Bunday algoritmlar misoli 
sifatida kanal matritsasi — 
N
ma’lum bo‘lgan hollarda ajratish turi-
dan qat’i nazar ishlay oladigan “maksimal qiymatlar” va “signallar-
ni qo‘shish” usullarini keltirish mumkin (19.3-rasm).
19.4.1. Fazoviy multiplekslash rejimi
Bitta antennadan ortiq antennalar bo‘yicha bir necha ma’lumot-
lar oqimini uzatish fazoviy multiplekslash deyiladi. Fazoviy mul-
tiplekslash ikki turga bo‘linadi. Ularning birinchi turi deb AQSH 
ning Bell korporatsiyasi laboratoriyasi ishlab chiqqan, V-BLAST 
(ingl. Vertical Bell Labaratories Layered Space-Time)
nomiga ega, 
vertikal fazoviy-vaqtli ajratish hisoblanadi. V-BLAST multipleks-
lash ishlatilganda kodlanmagan fazoviy ma’lumotlar oqimi qabul 
qilgichdagi signalni muvozanatlashtirish (ekvalayzing qilish) zaru-
ratini hech qanday hisobga olmagan holda uzatiladi (19.4-rasm).
F
a
z
o
Vaqt
19.4-rasm. 
V-BLAST asosidagi fazoviy multiplekslash.


293
Ikkinchi tur multiplekslashda fazoviy-vaqtli kodlash — STC 
dan foydalaniladi. V-BLAST turidan farqli ravishda STCli multi-
plekslashda ma’lumotlarning ortogonal (ya’ni o‘zaro xalaqitlarsiz) 
oqimlari uzatiladi. 
Ma’lumki, V-BLAST usuli bilan uzatishda oqimlarni bir-biri-
dan ajratishda oqimlararo interferensiya 
(ingl. Multi-Stream In-
terferences, MSI)
vujudga kelishini oldini olib bo‘lmaydi. Bu, o‘z 
navbatida, uzatishni nobarqaror qiladi va hatto xatoliklarni to‘g‘ri-
dan to‘g‘ri tuzatish usuli ishlatilsa ham bu muammo har doim ham 
yechilavermaydi. Signalni STC bilan dekodlash usuli esa, oddiy 
chiziq bog‘liqli o‘zgartirishga asoslangan bo‘lib, yaxshi natijalarni 
beradi. Shunday qilib, fazoviy multiplekslashning afzalligi bu kanal 
sig‘imining foydalanilgan antennalar soni bilan chiziqli bog‘liqligi 
tufayli aloqa kanali sig‘imini oshirish imkoniyatidadir.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin