Radiointerfeys funksionaliga talablar. LTE radioulanish texnologiyasi (E-UTRA)ga qo‘yilgan ta-
lablar asosan yuqori ma’lumot tezligiga va qisqa javob ke-
chikish vaqtiga ega paketli kommutatsiya asosida ishlaydigan
optimallashtirilgan radioulanish tizimini yaratishdan iborat.
Belgilangan xizmatlarga, masalan, yuqori aniqlikdagi televide-
nie (HDTV), “talab asosidagi kino”
(ingl. Movie on Demand) va IP tarmoqlari bo‘yicha nutq (VoIP) misol bo‘lishi mumkin.
E-UTRA radiointerfeysi funksionalligiga asosiy talablar
yuqorida 19.1-jadvalda keltirilgan LTE tizimlar funksional-
ligiga qo‘yilgan umumiy talablardan kelib chiqadi, shu-
ning uchun bu yerda E-UTRAning ayrim xarakteristikalarini
(HSPA texnologiyasi bilan taqqosda) keltirish bilan cheklana-
miz (19.1-jadval).
19.1-jadval E-UTRA texnologiyasi funksionalligiga ayrim talablar Talablar 3GPP 6 relizi (HSPA) 3GPP 8 relizi (LTE) Ma’lumot uzatishning
eng yuqori tezligi
14 Mbit/sek– “pastga”;
5,76 Mbit/sek– “yuqo-
riga”
100 Mbit/sek– “pastga”;
50 Mbit/sek– “yuqoriga”
297
Spektral samaradorlik
(bit/sek/Gs/sektor)
0,6–0,8 – “pastga”;
0,35 – “yuqoriga ”
3–4 marta ko‘p –
“pastga”;
2–3 marta ko‘p –
“yuqoriga”
Paket uchun o‘rtacha
o‘tkazish qobiliyati
64 kbit/sek – “pastga”;
5 kbit/sek – “yuqoriga”
3–4 marta ko‘p –
“pastga”;
2–3 marta ko‘p –
“yuqoriga”
Abonent uchun o‘rtacha
o‘tkazish qobiliyati
900 kbit/sek – “pastga”;
150 kbit/sek – “yuqo-
riga”
3–4 marta ko‘p –
“pastga”;
2–3 marta ko‘p –
“yuqoriga”
Javob kechikishi vaqti
50 ms
5 ms
Aloqani o‘rnatish vaqti
2 sek
50 ms
Keng qamrovli uzatish
rejimida ma’lumot uza-
tish tezligi
384 kbit/sek
6–8 marta yuqori
Abonent mobilligi
250 km/soat gacha
350 km/soat gacha
Ko‘p antennali tizimlar-
ni qo‘llab-quvvatlash
Yo‘q
Bor
Kanal kengligi
5MGs
20MGs gacha
kengayadi