Raqamli mobil aloqa


­bob. “YUQORIGA” YO‘NALISHDAGI KANALNI



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   289
Raqamli mobil aloqa

20­bob. “YUQORIGA” YO‘NALISHDAGI KANALNI 
TASHKIL ETILISHI
20.1. “Pastga” va “yuqoriga” kanallarda OFDM 
texnologiyasining qo‘llanilishi
Yuqorida qayd qilinganidek, E-UTRA tarmoqlari “pastga” 
aloqa kanallarida OFDM texnologiyasini tanlandi. U murak-
kab bo‘lmagan qabul qilgichlardan foydalangan holda, bir necha 
nimeltuvchilarga ega bo‘lgan kompleks radiokanallar bilan sama-
rali ishlashga imkon beradi. O‘zining chastotalarni ajratish tabiati 
tufayli OFDM texnologiyasi tarmoq infratuzilmasini murakkab-
lashtirmagan holda turli o‘tkazish polosalarida ishlashga imkon 
beradi. OFDM multiplekslashidan foydalanib, MIMO antenna 
texnologiyalarini ham qulay ishlatish mumkin: ma’lumotlarning 
tuzilmaviy oqimini antenna oqimlariga oson bo‘lish mumkin. 
OFDM texnologiyasi chastotaviy rejalashtirishni ham chastotala r
ni tanlash, ham chastotalarni tarqatish asosida amalga oshi rish 
imkonini beradi va bu sota darajasida mavjud o‘tkazish polosa sini 
qayta ishlatishga imkon beradi. Bundan tashqari, OFDM tex-
nologiyasi bir chastotali sinxronlashtirilgan tarmoq mexanizmi 

MBSFNdan foydalangan holda, mos uzunlikdagi SRlar bilan 
keng qamrovli uzatish xizmatlarini amalga oshirish imkonini ham 
beradi. 
Bunday mexanizm turli sotalarning keng qamrovli uzatish sig-
nallarini radioefirda birlashtirish orqali qabuldagi signal quvvatini 
va keng qamrovli uzatish xizmatlariga mos bo‘lgan ma’lumot uza-
tish tezligini sezilarli oshirish imkonini beradi.
SRning ikki xil uzunligidan kaltasini individual uzatishlar 
uchun va uzunini katta sotalarda ishlatish uchun yoki MBSFN 
keng qamrovli uzatishlar uchun foydalangan holda nimeltuvchilar 
vaqt bo‘yicha multiplekslanishi mumkin. Bunda butun o‘tkazish 
polosasida simvolning foydali uzunligi o‘zgarmas qoladi, nimel-
tuvchining 15kGs kengligi 64–QAM modulyatsiyasi ishlatilgan-


302
da (2,6GGs lik polosada harakat tezligi 250 km/soat bo‘lganda) 
fazalar shovqini va Dopler effekti tufayli yo‘qotishlardan qochish 
uchun yetarlicha keng bo‘ladi. 
“Pastga” va “yuqoriga” kanallarda OFDM texnologiyasi ning 
qo‘llanilishi turlicha. “Pastga” kanalda bu texnologiya faqat sig-
nalni uzatish, ya’ni axborot oqimlarini multiplekslash (bevosita 
OFDM) uchun emas, balki ko‘p sonli ulanish, ya’ni abonent 
kanallarini multiplekslash (OFDMA) uchun ham ishlatiladi. 
(20.1-rasm).
Eltuvchilar
User 1
User 2
User 3
Eltuvchilar

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin