Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   289
Raqamli mobil aloqa

OFDM
OFDM
Simvollar (vaqt)
Simvollar (vaqt)
20.1-rasm. 
OFDM va OFDMA prinsiplari.
Bunda yuqorida bayon etilgan PRB blokidan tashqari, mantiqiy 
resurs bloki – LRB 
(ingl. Logical Resource Block)
tushunchasi 
kiritiladi. Resurs elementlarining soni bo‘yicha PRB va LRB 
bloklari barobar bo‘ladi, lekin fizik resurs blokning elementlarini 
mantiqiy blokka taqsimlanishi ikki variantda: ya’ni birga-bir yoki 
taqsimlangan tarzda bo‘lishi mumkin. Ikkinchi holda mantiqiy 
resurs bloki elementlari butun ruxsat etilgan resurs to‘ri bo‘ylab 
taqsimlanishi mumkin.
Boshqa paketli tarmoqlardan farqli ravishda LTE tizimida fizik 
darajada kanallarni sinxronlashtirish va eltuvchining siljishini ba-
holash uchun ishlatiladigan preambulalar yo‘q. Buning o‘rniga 


303
har bir resurs blokiga maxsus tayanch va sinxronlashtirish belgilari 
qo‘shiladi. Tayanch belgilari 

RS 
(ingl. Referense symbol)
uch 
turga bo‘linishi mumkin:

sotani ifodalaydigan RS
 (ingl. Cell spesific);

aniq bir AUga bog‘langan RS va

MBSFN keng qamrovli uzatish xizmatiga mo‘ljallangan RS.
Tayanch belgilari uzatish kanalidagi sharoit 

SQIni bevosi-
ta aniqlash uchun xizmat qiladi. Bu o‘lchamlar asosida qolgan 
nimeltuvchilar uchun kanalning javobini aniqlash va interpolyat-
siya yordamida ularning dastlabki shaklini qayta tiklash mumkin. 
20.2-rasmda “pastga” yo‘nalishda tayanch belgi (
R
0
)lik va stan-
dart prefikslik signalning tuzilmasi keltirilgan.
20.2-rasm.
Standart SR uchun “pastga” yo‘nalishdagi
signalning tuzilmasi.


304
Tayanch belgilari har bir subkadrning 0-(1-RS) va 4chi (2-RS) 
OFDM simvolida joylashadi. Lekin 2-RS ni ishlatmagan holda ham 
aloqa tashkil qilish mumkin va shuning uchun OFDM-simvollar orasi-
da mikro kutish vaqti kiritilgan. Masalan, FDD rejimida past va o‘r-
tacha aloqa tezliklarida 2-RS ni uzatmaslik hisobiga trafik yuklama sini 
kamaytirish mumkin. Kengaytirilgan SR da RS tayanch belgilari 0- va 
3-OFDM simvollar vaqtida uzatiladi. Chastota sohasida esa tayanch 
belgilari har oltita nimeltuvchidan so‘ng uzatiladi.
OFDM simvollari (vaqt)
nimtashuvchi elementlar
antennaning nazorat signal simvollari
1 antennaning nazorat
signal simvollari
ishlatilmaydigan elementlar
0 antenna
1 antenna
*Bu yerda tayanch belgilari nazorat signal simvollari deb keltirilgan.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin