Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   289
Raqamli mobil aloqa

20.3-rasm.
 MIMO texnologiyasi qo‘llanilganda ctandart SR uchun 
“pastga” yo‘nalishdagi signalning tuzilmasi.
MIMO texnologiyasi qo‘llanilganda vaqt va chastota bo‘yicha 
surilgan tayanch belgilari har bir antenna orqali alohida uzatiladi 
(20.3-rasm). Bunda har bir antenna boshqa antennalar o‘zlari-
ning RSlarini uzatadigan chastotasi va vaqtida hech qanday signal 
uzatmaydi. Bir necha antennalarga ortogonal ravishda signallarni 
taqsimlash uchun bir sotaning turli uzatish antennalarida FDM 
— chastotaviy multiplekslash va turli sotalar antennalari uchun 
SDM 

kodli multiplekslashdan foydalaniladi.


305
“Pastga” kanalda tayanch belgilaridan tashqari, sotalarni iden-
tifikatsiyalash va sinxronlashtirish uchun xizmat qiladigan sin-
xronlashtirish belgilari ham uzatiladi.
LTE tizimida “pastga” kanalda signalni shakllantirish ax-
borotlarni raqamli uzatuvchi zamonaviy tizimlardagidan ko‘p 
farqlanmaydi (20.4-rasm). Jarayon kanal kodlashi, skrembl lash
modulyatsion simvollarni shakllantirish, ularni antenna portlari 
va resurs elementlar bo‘yicha taqsimlash va OFDM simvollar-
ni yaratish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Kanal kodlashi 
MAC-darajasidan keladigan ma’lumot bloklari uchun nazorat 
summalarini (CRC-24) hisoblashni ko‘zda tutadi. Bundan 
so‘ng nazorat summalik bloklar koder vositasida 1/3 tezlik-
da kodlanadi. LTEda qisqartirishli kodlash yoki turbo-kodlash 
qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan. Kodlashdan so‘ng oqim aralashti-
rish 
(rus. перемежение)
jarayonidan o‘tib skremblerga tushadi 
va u yerda skrembllash muolajasidan o‘tadi. Keyin kompleksli 
modulyatsiya simvollari shakllanib (QPSK, 16-QAM va 64-
QAM), ular resurs elementlari bo‘yicha taqsimlanadi. Bundan 
keyin, OFDM-simvollari yaratiladi va ularning ketma-ketligi 
berilgan chastota diapazonida chiquvchi YUCH signalni shakl-
lovchi modulyatorga yuboriladi. Qabul qilgich tomonida bu ja-
rayonlarni barchasi teskari tartibda bajariladi.
Yuqorida bayon etilganidek, E-UTRAN radioulanish tar-
mog‘ida “pastga” yo‘nalishi uchun 4-ta transport kanali 
aniqlangan:

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin