20.7-rasm.
QPSK – simvollar ketma-ket uzatilishida OFDMA
va SC-FDMA orasidagi farq.
Bunday yechim oddiy OFDM modulyatsiyalashni ishlatishga
nisbatan maksimal quvvatni o‘rtacha quvvatga bo‘lgan nisbatini
kamaytiradi va buning natijasida AU larning energetik samara-
dorligi oshadi va ularning konstruksiyasi soddalashadi (ya’ni uza-
tkichlarning texnik parametrlarini aniqligiga talablar sezilarli ka-
mayadi).
E-UTRAN tarmog‘ida “yuqoriga” yo‘nalishi uchun quyidagi
ikki transport kanallari ajratilgan.
•
RACH
(ingl. Random Access Channel)
— kamdan-kam ula-
nish kanali;
311
•
UL-SCH
(ingl. Uplink Shared Channel)
— “yuqoriga” yo‘na-
lishdagi umumiy kanal.
“Yuqoriga” yo‘nalishning fizik darajasida uchta fizik kanallari
ajratilgan:
•
PRACH
(ingl. Physical Randon Access Channel)
— kam-
dan-kam ulanish fizik kanali;
•
PUSCH
(ingl. Physical Uplink Control Channel)
— “yuqori-
ga” yo‘nalishdagi boshqaruv fizik kanali;
•
PUSCH
(ingl. Physical Uplink Shared Channel)
— “yuqori-
ga” yo‘nalishdagi umumiy fizik kanali.
Transport va fizik kanallarining bir-biriga taqsimlanishi
20.8-rasmda tasvirlangan.
“Yuqoriga” liniya
transport kanallari
“Yuqoriga” liniya
fizik kanallari
PRACH
RACH
UL-SCH
PUSCH
PUCCH
20.8-rasm.
E-UTRAN tarmog‘ida “yuqoriga” yo‘nalishdagi
transport va fizik kanallarining o‘zaro taqsimlanishi.
Nazorat savollari:
1. E-UTRA tarmog‘ida “pastga” va “yuqoriga” yo‘nalishlar-
da qanday kanallarni ajratish texnologiyalari tanlangan? Nima
uchun?
2. E-UTRA texnologiyasining asosiy miqdoriy xarakteristikala-
rini keltiring.
312
3. E-UTRA freymining tuzilmasini keltiring.
4. OFDM texnologiyasiga qisqacha tavsif bering va uning asosiy
afzalliklarini sanab o‘ting.
5. “Pastga” yo‘nalishda OFDM/QAM modulyatsiyasi qanday
ishlaydi?
6. E-UTRA tarmoqlarida ko‘p antennali tizimlar nima sabab-
dan va nima uchun ishlatiladi?
7. Dunyoning turli regionlarida 700MGs diapazonida chasto-
talarni qayta taqsimlash qanday amalga oshiriladi?
8. 900MGs diapazonida LTE tarmoqlarini qurish afzalliklari
nimada va bu diapazonda ularni qanday qurilish ketma-ketligi
kutilmoqda?
9. IMT-2000 yer sirti xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha butun-
jahon radioaloqa konferensiyasi (BRK) tomonidan qanday chas-
totalar polosasi aniqlangan?
|