Raqamli mobil aloqa


-bob. LTE TIZIMLARI UCHUN



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   289
Raqamli mobil aloqa

21-bob. LTE TIZIMLARI UCHUN
RADIOCHASTOTA SPEKTRI
21.1. Radiochastota spektri (RCHS)
Radiochastota spektri (RCHS) har bir davlatning qimmatbaho 
va cheklangan resurs (mablag‘)i hisoblanadi va hozirgi kunda un-
dan foydalanishga talab borgan sari ortib bormoqda. Bunga simsiz 
aloqa tizimlari xizmatlarining yaxshilangan shaklda keng tarqali-
shi va ommaviyligining ortishi, xizmatlar va uskunalar xarajatla-
rining qisqarishi va foydalanishdagi qulayligi yordam bermoqda. 
Buning evaziga mavjud va yangi simsiz keng polosali tarmoqlar 
mavjud radiochastotalar resurslarini tezda o‘zlashtirib olib, yangi 
chastotalarga muhtoj bo‘lishlari kutilmoqda.
So‘nggi yillarda simsiz aloqa sanoati tovushli aloqa va ma’lumot 
uzatish xizmatlariga foydalanuvchilar talablarining keskin ortishi-
ni boshidan kechirmoqda. Tez o‘sayotgan mobil aloqa abonentlari 
soni va xizmatlardan foydalanish hajmining ortishi tufayli opera-
torlar ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori sifatli mavjud alo-
qa xizmatlarini va ma’lumot uzatishning innovatsion xizmatlarini 
taqdim etish hisobiga o‘z tarmoqlarini takomillashtirishga majbur 
bo‘lmoqdalar. Odatda radiochastota spektrini boshqarish masalasi 
juda murakkab hisoblanadi. Ammo so‘nggi yillarda yuzaga kelgan 
an’ananing o‘zgarishi kuzatilmoqda va RCHSni boshqarish jara-
yoni texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda moslashuvchanroq 
bo‘lib bormoqda va oxir-oqibatda operatorlarga bozor talablarini 
yaxshiroq qondirishga imkon bermoqda. Aloqa operatorlari va 
uskuna yetkazib beruvchilar innovatsion yechimlarni, shu jum-
ladan, qo‘llanadigan radiochastota spektrining samaradorligini 
yaxshilaydigan takliflarni ilgari surmoqdalar. Lekin bunda yangi 
simsiz aloqa texnologiyalari (WiMAX kabilar) paydo bo‘lmoqda 
va ular ham spektr ajratilishiga da’vogarlik qilib, jahonning bar-
cha mintaqalarida radiochastota taqsimlash masalasini yanada 
keskinlashtirmoqda.


314

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin