Raqamli mobil aloqa


MGs diapazonining qayta taqsimlanishi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   289
Raqamli mobil aloqa

21.2. 900MGs diapazonining qayta taqsimlanishi
900MGs diapazoni deganda global darajada GSM tarmoqla-
rini ishlatish uchun ajratilgan chastota polosalarini, ya’ni 880—
915MGs va 925—960MGs polosalarni tushunish kerak. Bugungi 
kunga kelib ushbu diapazon mobil aloqa tizimlari uchun dun-
yo miqyosida ruxsat etilgan chastotalar diapazonlari orasida eng 
keng tarqalgan va garmonizatsiyalangan diapazon hisoblanadi. U, 
shuningdek aloqaning uzoqligi va tarmoqlarni qurish xarajatlari-
ni barqaror qisqartirish kabi radiochastota diapazonlarini strate-
gik jihatdan muhim qiladigan bir qator afzalliklarga ega. Bundan 
tashqari, 900MGs diapazoni binolar ichiga kirish bo‘yicha yax-
shi ko‘rsatkichlarga ega va, ayniqsa, aholisi zich bo‘lmagan olis 
hududlarda keng polosali aloqani tashkil etishga mos keladi.
Dunyoning 150 dan ortiq davlatlarida davom etayotgan foyda-
lanuvchilarning 2G (GSM) tarmoqlaridan 3G (UMTS) tarmoq-
lariga “migratsiya” (asta-sekin o‘tish) jarayoni bosqichma-bosqich 
GSM-900 tarmoqlarida yuklamani kamaytirib, bu diapazonda-
gi spektrni bo‘shata boshlaydi. Natijada, ko‘plab operatorlar bu 
chastotalar polosasida UMTS (xususan, NSRA/NSRA+) tarmoq-
larining istiqboli haqida o‘ylamoqdalar. Biroq amalda shunday 
holat yuz bermoqdaki, bugungi kunga kelib mazkur diapazonda 
LTE tarmoqlarini qurish afzalroq va istiqbolliroq bo‘lishi mumkin. 
NSRA/NSRA+ tarmoqlariga qaraganda LTE tizimi, kutilayot-
gandek, abonent terminali unumdorliligini va sektorlar sig‘imini 
sezilarli darajada oshiradi, abonent sathida abonent javobi vaqtini 


319
qisqartiradi va bu bilan foydalanuvchi interfeysini ancha yaxshi-
langan shaklini taqdim etadi. Bundan tashqari, UMTS tizimlari 
5MGs dan kam bo‘lmagan polosalarda ishlasa, LTE tarmoqla-
rini ilk tashkil etish uchun 1,4MGs lik polosa bo‘lishi yetarlidir. 
Yana shuni ham eslab ketish kerakki, 900MGs diapazonida ishlay 
ola digan UMTS abonent uskunalari faqatgina 2010-yildan paydo 
bo‘la boshladi va hozirgacha bozorda yetarli darajada tarqalgan 
emas. Ushbu barcha omillarni hisobga olib, ko‘plab operatorlar 
LTE tarmoqlarini qurish uchun 900MGs diapazonidagi polosalar-
ni zaxiralash variantini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqdalar. 
Haqiqatan ham, LTE tizimlarining har hil chastota polosalari-
da moslashuvchanlik bilan ishlash qobiliyati GSM tarmoqlaridan 
bo‘shayotgan polosalarni egallashga ajoyib imkoniyatlar yaratadi 
va qo‘shimcha chastota polosalari bo‘shatilishiga qarab tarmoq 
ko‘lamini kengaytirishga imkon yaratadi. LTE tizimlarining yax-
shilangan spektral samaradorligi tufayli ularning 900MGs diapa-
zonida tashkil etilishi tarmoqlarning eng yuqori sig‘imini ta’min-
laydi. Shuningdek, operatorlarga katta hududlarda yuqori sifatli 
keng polosali xizmatlarni taqdim etish tufayli yuqoriroq chasto-
talardagi sarflarga nisbatan sezilarli ravishda kamroq sarflar bilan 
LTE tarmoqlarini yaratish imkonini beradi.
Nihoyat, LTE tarmoqlarining 900MGs diapazonida tashkil eti-
lishi orqali xarajatlar va logistika bo‘yicha qo‘shimcha yutuqlar 
keltirishi kutiladi, binobarin, LTE tayanch stansiyalarini mavjud 
GSM saytlariga joylashtirish mumkin, chunki mazkur diapazonda 
GSM va LTE tarmoqlarining radioqamrov hududlari taxminan 
bir xil bo‘ladi. Lekin bunda shu ko‘zda tutiladiki, Yevropa sotali 
aloqa operatorlari yaqin oralarda GSM tarmoqlari ishini to‘xtat-
maydilar, chunki ular (GSM tarmoqlar) hali ham mobil tovush 
aloqasi va “global rouming” xizmatlarini asosini tashkil etadilar. 
Aslida esa EDGE (yoki uning yangilangan E-EDGE) texnologi-
yasi qo‘llaniladigan GSM tarmoqlari yana ancha vaqt xizmat-
da qolishi va LTE tarmoqlariga asta-sekin o‘tishni ta’minlashi 
mumkin. Shunga ko‘ra rivojlanish ehtimolining katta ssenariysi 


320
shunday ko‘rinadiki, LTE tarmoqlarining GSM tarmoqlari bilan 
900MGs diapazonida birgalikda ishlashi yana 5–10 yil davom 
etadi va faqat shundan keyingina GSM tizimlarining ishlatilishi 
to‘liq to‘xtatilishi mumkin. 900MGs diapazonining keyingi taq-
simlanishi ko‘p jihatdan Yevropa Ittifoqi darajasida o‘tkaziladigan 
muzokaralar va qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin