Raqamli mobil aloqa


AWS — ilg‘or simsiz xizmatlar



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   289
Raqamli mobil aloqa

21.3. AWS — ilg‘or simsiz xizmatlar
AWS 
(ingl. Advanced Wireless Services) 
– ilg‘or simsiz xizmatlar 
AQSHda ishlatiladi va ular uchun “yuqoriga” yo‘nalishda 1710—
1755MGs va “pastga” yo‘nalishda 2110—2555MGs polosalari 
ajratilgan. Umumiy 90MGs lik chastota polosasi A dan F gacha ol-
tita chastota bloklariga bo‘lingan bo‘lib A, V va F bloklari 20MGs 
lik polosalarga, S, D va E bloklari esa 10MGs lik polosalarga ega.
2006-yilning sentyabrida AQSH Federal aloqa komissiyasi 
(FSS) tomonidan AWS xizmatlari litsenziyalariga auksion o‘tka-
zildi va unda yutgan qatnashchilar umuman olganda 1087 ta 
litsenziyalar yutdi. Amerika hukumatining erkin bozor siyosati 
ruhida FSS ma’lum chastota diapazoniga ma’lum texnologiyani 
qat’iyan biriktirmadi. Shuni asosida AWS litsenziyalari egalari 
istalgan texnologiyalarni, shu jumladan, 2G, 3G va LTE tizimla-
rini qurish uchun ajratilgan resursni ishlatishlari mumkin.
FSS 2100MGs diapazonida AWS xizmatlari uchun chastota polo-
salarini aniqlashda ularni Yevropada UMTS tizimlari bilan maksimal 
garmonizatsiyalashtirish ustida ham ish olib bordi. Biroq, UMTS 
uchun ajratilgan 2100MGs diapazonining pastki qismi “amerikalik” 
RSS (GSM-1900) tizimlarining polosalari ustiga to‘liq tushib qoldi 
va shu bilan to‘liq garmonizatsiya imkonini yo‘q qildi. Shunga qa-
ramay, FSS, bu cheklovni hisobga olgan holda, dunyoning boshqa 
hududlarida AWS xizmatlari uchun spektrni garmonizatsiyalashga 
urindi. Natijada, endi AWS polosasining yuqori qismi Yevropadagi 
UMTS tizimining asosiy polosasiga, pastki qismi esa, 1800MGs di-
apazonidagi GSM tizimlarining pastki qismiga mos keladigan bo‘ldi.


321
IMT kengaytirilgan diapazoni
2001-yilda Radioaloqa bo‘yicha umumjahon konferensiyasi 
2500—2690MGs diapazonida IMT-2000 yer sirti radioaloqa xiz-
matlarini rivojlantirish uchun uchta qo‘shimcha chastota polosa-
larini aniqlagan edi. Unga muvofiq 2008-yildan boshlab Yevropa-
da bosqichma-bosqich FDD dupleksli IMT-2000 (hozirgi kunda 
IMT-Advanced ham) tizimlari uchun 140MGs lik umumiy polo-
sa ajratilmoqda. Bunda “yuqoriga” yo‘nalishda 2500—2570MGs, 
“pastga” yo‘nalishda esa 2620—2690MGs polosalari egallanmoq-
da. TDD dupleksi asosida juft bo‘lmagan kanallar yaratish uchun 
50MGs lik qo‘shimcha polosa ajratilgan (2570–2620MGs). Dun-
yoning barcha hududlari uchun bu chastota polosalarining taq-
simlanishini garmonizatsiyalash tufayli ishlab chiqarish hajmini 
oshirish va shuni hisobiga tejamkorlikka erishish va “global rou-
ming”ni ta’minlash ko‘zda tutiladi. Taxmin qilinishicha, LTE 
tarmoqlari, birinchi navbatda, FDD juft polosalaridan foydalanib
aynan shu polosalarda quriladi (hozircha bu LTE tijorat tarmoqla-
rini 2009—2011-yillarda tatbiq etilishi bilan tasdiqlanib kelmoq-
da). Bundan tashqari, aynan shu diapazon 20MGs kenglikdagi 
kanallarni ta’minlash hisobiga LTE tarmoqlarini “to‘laqonli” ish-
latishga imkon beradigan kamyob diapazonlar sarasiga kiradi. Shu 
munosabat bilan, mobil aloqa operatorlari keng polosali va yuqori 
tezlikli aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun, avvalo 20MGs lik 
kanallarni sinashi va zaxiralashi tabiiydir.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin