Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   289
Raqamli mobil aloqa

22.1-rasm.
Dunyoning turli hududlarida LTE tarmoqlarini 
qurish uchun BRK-07 aniqlagan chastotalar polosalari.


327
Shuni quvonch bilan ta’kidlashimiz mumkinki, O‘zbekiston 
LTE tarmog‘ini tijorat maqsadida ishga tushirgan MDHdagi bi-
rinchi va dunyodagi uchinchi davlat bo‘ldi. 2010-yil 28-iyulda 
mamlakatda birinchi LTE tarmog‘ini ishga tushirganligini haqi-
da “MTS-O‘zbekiston” kompaniyasi xabar qildi. Dastlab tar-
moq 2600MGs diapazonidagi polosadan foydalanadi, keyinchalik 
700MGs va 800MGs diapazonlaridagi polosalardan foydalanish 
ko‘zda tutilgan. “MTS-O‘zbekiston” tarmog‘i 100Mbit/sek ga-
cha tezlikda ma’lumot uzatish xizmatlarini taqdim etish uchun 
mo‘ljallangan. Kompaniya 2015-yilga kelib butun O‘zbekis-
ton bo‘ylab tarmoq qamrovini tarqatishni rejalashtirilgan. Tizim 
uskunalarini Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi yetka-
zib berdi. 
Kechroq, 2010-yil 29-avgustida O‘zbekistonning ikkinchi opera-
tori — Ucell kompaniyasi o‘zining LTE tarmog‘ini ishga tushirgan-
ligi haqida rasmiy e’lon qildi. U ham 100Mbit/sek gacha tezlikda 
mobil keng polosali ulanish xizmatlarini taqdim etishini ma’lum qil-
di. Tarmoq 2,6GGs chastota diapazonida qurilmoqda va keyincha-
lik 700MGs diapazonida ham polosalar olish ko‘zda tutilgan. Ucell 
kompaniyasi LTE tarmog‘ini jahonda birinchi bo‘lib 2009-yilning 
dekabrida Stokgolm (Shvetsiya) va Oslo (Norvegiya) shaharlarida 
ishga tushirgan Telia Sonera korporatsiyasining “qiz” kompani-
yalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda Ucell kompaniyasi uchun 
tayanch uskunalarni Xitoyning ZTE korporatsiyasi yetkazib berdi.
22.2. Raqamli dividend
Raqamli yer sirti uzatish xizmatini 174—230MGs va 470—
862MGs polosalarida rejalashtirish bo‘yicha Regional bitimga 
(“Jeneva-06 rejasi”) va unga bog‘liq raqamli va analog rejalarga 
muvofiq O‘zbekiston quyidagi ajratishlarga ega:

“Jeneva-06” rejasining raqamli qismi hisoblangan raqamli 
TV uchun 817 ta chastota ajratishlar, shu jumladan, diapazonlar 
bo‘yicha:


328

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin