Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   289
Raqamli mobil aloqa

24.4-rasm.
Wi-Fi adapterlar.


358
Simsiz tarmoq tashkil etish uchun Wi-Fi adapter boshqa 
adapterlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatishi ham mumkin. 
Bunday tarmoq “bir darajali” yoki “Ad Hoc” 
(ingl.“ushbu holat 
uchun”)
deyiladi. Adapter shuningdek, UN orqali aloqa o‘rnatishi 
ham mumkin, u holda bunday rejim “infratuzilmali” deyiladi. 
Ulash uslubini tanlash uchun adapter Ad Nos yoki infratuzilmali 
rejimlardan biriga sozlanishi kerak.
Ulanish nuqtasi deb (24.5-rasm) ichiga o‘rnatilgan mikro-
kompyuter va qabul qilgich/uzatkichdan iborat bo‘lgan avtonom 
modul nomlanadi.
Ulanish nuqtasi orqali adapterlar orasida simsiz axborot al-
mashuvi va o‘zaro hamkorligi, shuningdek, tarmoqning simli seg-
menti bilan aloqa amalga oshiriladi. Shunday qilib, ulanish nuqtasi 
ko 
mmutator rolini o‘ynaydi. UN tarmoq interfeysiga 
(ingl. up-
link port)
ega va uni yordamida u oddiy simli tarmoqlarga ulani-
shi mumkin. Aynan mana shu interfeys orqali UNni sozlash ham 
mumkin. UN ham abonentlar (Wi-Fi-adapter) bilan ulanish uchun 
(tayanch rejim), ham simsiz taqsimlangan tarmoq — WDS 
(ingl-n 
Wireless Distributed System) 
yaratish maqsadida boshqa UNlar bi-
lan ulanish uchun ishlatilishi mumkin. O‘z navbatida WDS rejimi 
“nuqta-nuqta”, “nuqta-ko‘p nuqta”, “simsiz kliyent” va “takror-
lagich” turlaridagi aloqani tashkil etish uchun ishlatiladi.
24.5-rasm. 
Ulanish nuqtasi.


359
Tarmoqqa ulanish efirga keng qamrovli signallarni uzatish yo‘li 
bilan ta’minlanadi. Bunda Wi-Fi-adapter bir necha UNlar qamrov 
zonasida bo‘lib, ulardan signallar olishi mumkin. Adapter olinadi-
gan signallarni filtrlash va ulardan o‘ziga tegishli UNni ajratishi 
uchun xizmat ko‘rsatish zonasi identifikatori SSID 
(ingl. Service 
Set Identification)
dan foydalanadi. Xizmat ko‘rsatish guruhi 
(ingl. 
Service Set — SS)
deb simsiz tarmoqda ulanishni ta’minlaydigan 
(odatda, Ad Hoc rejimida) mantiqiy guruhlantirilgan uskunalar 
aytiladi. Tayanch xizmat ko‘rsatish guruhi deb 
(ingl. Basic Ser-
vice Set, BSS)
UNlar orqali bir-birlari bilan bog‘langan abonent 
stansiyalari to‘plami aytiladi. Bunda ikki rejim ajratiladi: bevosita 
BSS va ESS 
(ingl. Extended Servise Set)
. BSS rejimida barcha 
tarmoq tugunlari faqat bitta UN orqali o‘zaro ulanishlari mum-
kin. Bunda UN, shuningdek, tashqi tarmoqlar bilan ko‘prik rolini 
ham bajarishi mumkin. Kengaytirilgan — ESS rejimida esa simsiz 
tarmoq bir necha BSS-tarmoqlar infratuzilmadan tashkil topgan 
bo‘lib, UNlar bir-birlari bilan o‘zaro bog‘lanishadi va bu bir BSS-
dan boshqasiga trafik uzatish imkoniyatini beradi. Bunda UNlarni 
o‘zaro ulanishi kabel liniyalari yoki radioko‘priklar orqali amalga 
oshiriladi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin