Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   289
Raqamli mobil aloqa

25.2. Abonent uskunalari
WiMAX tarmoqlarida foydalanish uchun abonent uskunalari 
turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqariladi va bino-
lar ichida va binolar tashqarisida (noutbuk kabilar) joylashtiri lishi 
mumkin. Shuni alohida ta’kidlash kerak-ki, binolar ichida joy-
lashtirishga mo‘ljallangan va aloqa o‘rnatishda kasbiy malaka talab 
qilmaydigan uskunalar TSdan uncha katta bo‘lmagan masofalarda 
ishlash qobiliyatiga ega. Shuning uchun binolar ichida o‘rnatil-
gan uskunalar tarmoq infrastrukturasini rivojlantirishda ancha 
katta investitsiya talab qiladi, ularda TSlarni ko‘proq qo‘llashga 
to‘g‘ri keladi. “Mobil WiMAX”ning paydo bo‘lishi bilan uning 


370
tarmoq 
larida aloqani ta’minlovchi maxsus telefon apparatlari, 
mobil uskunalar va kompyuter uskunalari ishlab chiqarishga katta 
e’tibor qaratildi.
25.2.1. O‘zaro ishlash imkoniyatlari va ishlash sifati
WiMAX texnologiyasi katta sonli an’anaviy tizimlar, simli 
yoki simsiz tarmoqlar bilan aloqani ta’minlash maqsadida ishlab 
chiqilgan (tarmoqlar IP ga asoslangan). Ko‘p hollarda bu arxitek-
tura multimediali IP tizimlariga (yoki IMS) asoslangan bo‘lib, 
tarmoqlararo “rouming”ni ta’minlash, 3G tarmoqlari bilan birga-
likda ishlash, IP darajasidagi tarmoqlarda aloqa sifati va xizmatlar 
to‘plamini ta’minlash imkonini beradi. IP tarmoqlariga ula nish 
imkoniyati tufayli WiMAX texnologiyasi boshqa tarmoqlarni ken-
gaytirish “choksiz mobillik” prinsipi bo‘yicha ularni qurish im-
koniyatini beradi.
WiMAX texnologiyasi simli tarmoq operatorlariga uzoq-
lashtirilgan hududlarga ulanish uchun “oxirgi mil” muam-
molarini hal qilish imkoniyatini beradi, uzoq masofalarga 
kabel yotqizish kabi ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. IEEE 
802.16e standarti mobil aloqa operatorlari xarajatlarini ka-
maytirishni taklif etadi, mobil aloqa operatorlariga 2G va 3G 
darajasidagi xizmatlarni, keng polosali ma’lumot uzatish xiz-
matlarini va eng zamonaviy raqobatlashuvchi simsiz tarmoq 
xizmatlarini ta’minlashni qo‘shishni ta’minlaydi. WiMAX 
tarmog‘ini qurishning moliyaviy xarajatlari an’anaviy sotali 
ikkinchi va uchinchi avlod tarmoqlarinikidan kamroq bo‘ladi, 
asosiy xarajatlar TS stansiyalari infratuzilmasini yaratish va 
qurilish montaj ishlarini olib borish uchun sarflanadi. IP pro-
tokolida qurilgan WiMAX arxitekturasi keng polosali mul-
timediali ilovalardan foydalanishda eng yaxshi imkoniyatlar 
taqdim etadi, shuningdek, IP-asosida qurilgan mobil tarmoq-
larda qo‘llaniluvchi ovozli va qisqa xabarlarni mobil uzatishni 
ta’minlaydi.


371
Tarmoqlarning aksariyat qismi ochiq kodli dasturiy ta’minot 
asosida yoki ochiq litsenziyalik e’lon qilingan sxemalar asosida 
qurilmoqda. Masalan, “Wi-Fi Liberator” dasturi MAC OS X va 
Wi-Fi moduli o‘rnatilgan istalgan noutbukni Wi-Fi tarmog‘ining 
ochiq tuguniga aylantiradi. OLSP 
(ingl. Optimized Link-State 
Routing)
ochiq tarmoqlarni yaratish uchun foydalaniladigan pro-
tokollardan biri hisoblanadi.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin