Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. Simsiz aloqa tizimlarining qisqacha rivojlanish tarixini bayon 
eting.
2. Raqamli va analog, tor polosali va keng polosali texnologi-
yalar qanday farqlanadi?
3. Aloqaning uzoqligi bo‘yicha simsiz aloqa tizimlarini sinflarga 
bo‘ling.
4. Tarmoqlarning topologiyasi bo‘yicha simsiz aloqa tizimlarini 
sinflarga bo‘ling.
5. Qo‘llanilishi bo‘yicha simsiz aloqa tizimlarini sinflarga 
bo‘ling.
6. Wi-Fi tizimlariga umumiy tavsif bering.
7. Wi-Fi tizimlarining qisqacha rivojlanish tarixini bayon eting.
8. Wi-Fi tarmoqlarining asosiy elementlari va ishlash prinsipi 
qanday?
9. Wi-Fi tizimlarining asosiy afzalliklari nimada?
10. Wi-Fi tizimlarining asosiy kamchiliklari nimada?
11. Wi-Fi tizimlarida xavfsizlik qanday ta’minlanadi?
12. Dunyodagi Wi-Fi tijoriy tarmoqlariga misollar keltiring.
13. Wi-Fi notijoriy tarmoqlari qanday prinsiplar asosida quriladi?


372
26-bob. WiMAX TEXNOLOGIYASI HAQIDA
UMUMIY TUSHUNCHALAR
26.1. WiMAX tizimining tavsifi
Hozirgi kunda keng polosali simsiz aloqa tizimlari inson ha-
yoti faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda va butun 
dunyoda: rivojlangan davlatlarda ham, rivojlanayotgan davlat-
larda ham insonlarning yashash sifatini oshirishga xizmat qilm-
oqda. Ushbu tizimlar yordamida turli xil vazifalarni yechish 
mumkin: multimedia, interaktiv va personal kontentlarga tezkor 
va qulay ulanish, an’anaviy nutq aloqasini ta’minlash yoki ma-
halliy va global jamoalar doirasida axborot almashinuvini amal-
ga oshirish mumkin. IEEE 802.16 (qo‘proq, WiMAX sifatida 
ma’lum bo‘lgan) standartlar oilasi deb nomlangan keng polosali 
simsiz aloqa tizimlari IMS (yangi avlod IPga asoslangan mul-
timediya nimtizimlari) asosida keng polosali tarmoqlar uchun 
yaratilgan xizmatlar hamda tezkor Internet kanallarini tashkil 
etish vositalari bilan birgalikda foydalanuvchilarga (xususan In-
ternetdan) keng polosali simsiz ulanishning prinsipial yangi im-
koniyatlarini taklif etadi.
IEEE 802.16 standartini paydo bo‘lgunicha Internetga ulanish 
ancha turg‘un bo‘lgan, ya’ni foydalanuvchi ish joyidagi kompyuter-
ga yoki juda bo‘lmaganda Wi-Fi ulanish nuqtasi doirasidagi nout-
bukka bog‘liq bo‘lgan. WiMAX tizimlari keng polosali tarmoqlarga 
va Internetga ulanishni yanada mobil, yanada ommabop va yanada 
keng tarqalgan qilmoqda. Buni uchun turg‘un, ko‘chma va mobil 
abonentlarga xizmat ko‘rsatadigan keng polosali simsiz tarmoqlar 
yaratilmoqda. Shunday qilib, Internet va uning barcha ilovalariga, 
ya’ni axborotlar, xizmatlar va aloqaga har doim va hamma yerda 
ulanish muhiti shakllantirilmoqda. Bunda WiMAX tizimlariga katta 
mas’uliyat ajratilmoqda.
WiMAX
tizimining Wireless MAN simsiz tarmoqlar tizimiga kira-
di. WiMAX atamasi inglizcha “Worldwide Interoperability for Mic-


373
rowave Access” nomini qisqartirishdan kelib chiqadi, bu so‘zma 
so‘z tarjima qilganda “Mikroto‘lqinli radioaloqa (O‘YUCH) asosi-
dagi tarmoqlarga ulanish uchun butun dunyo o‘zaro ta’sirlashish”ni 
bildiradi.
Mazkur texnologiya har xil turdagi uskunalar uchun (avtomat-
lashtirilgan ishchi stansiyalari va portativ kompyuterlardan tor-
tib mobil telefonlargacha) katta masofalarga yuqori tezlikli simsiz 
universal aloqani taqdim etish maqsadida ishlab chiqilgan. Wi-
MAX atamasi IEEE 802.16 standartlar atamasini ommalashtirish 
maqsadida 2001-yil iyunida asos solingan sohaviy forum (WiMAX 
Forum) tomonidan taklif etilgan [38].
IEEE 802.16 standartlarining ilk versiyalarida 10GGs dan 
66GGs gacha bo‘lgan yuqori chastotali diapazonlarda to‘g‘ri 
ko‘rinish hududida 
(ingl. Line of Sight, LOS)
ishlaydigan tizimlar 
tavsiflangan. Keyinchalik 2GGs dan 11GGs gacha diapazonlarda 
to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmagan hududlarda ham 
(ingl. None Line of 
Sight, NLOS)
ishlaydigan tizimlarni qo‘llab-quvvatlaydigan stan-
dartlar qo‘shimchalarini ishlab chiqishga urg‘u berilgan.
IEEE 802.16-2004 (shuningdek IEEE 802.16d yoki qisqaritirib 
“16d”) nomi bilan ma’lum bo‘lgan standartni yaratishda stan-
dartning avvalgi versiyalaridagi barcha ishlanmalardan foydala-
nilgan. Bu tadbirlar binolar ichida radioqamrovni yaxshilashga 
imkon berdi va, o‘z navbatida, stol ustida ishlatiladigan abonent 
uskunalarini yaratishga imkon berdi. 
2005-yilning dekabrida IEEE 802.16e (“mobil WiMAX” yoki 
“16e versiyasi”, ba’zi hollarda “IEEE 802.16-2005”) sifatida 
ma’lum bo‘lgan standart ustida ishlar yakunlandi va hozirgi kun-
da u IEEE 802.16 standartlar oilasida eng dolzarb standart bo‘lib 
qoldi. Hozirda telekommunikatsiyalar bozorida yuqorida ko‘rsa-
tilgan WiMAX standartlarining asosan ikkitasi, ya’ni faqat turg‘un 
terminallar bilan ishlaydigan IEEE 802.16d standarti va turg‘un, 
ko‘chma va mobil abonentlar bilan aloqa o‘rnata oladigan IEEE 
802.16e standarti namoyon etilgan. 2012-yilda WiMAXning yangi 
standarti – IEEE 802.16m tasdiqlanishi kutilmoqda.


374

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin