Raqamli mobil aloqa


IEEE 802.16 standartlari oilasining tavsifi



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   289
Raqamli mobil aloqa

27.2.1. IEEE 802.16 standartlari oilasining tavsifi
IEEE institutining standartlar bo‘yicha qo‘mitasi simli va simsiz 
keng polosali aloqa standartlarini ishlab chiqish bilan shug‘ulla-
nadi. Ethernet (802.3) va Wi-Fi (802.11) kabi tarmoq texnologi-
yalari sohasidagi standartlarning ishlab chiqaruvchisi hisoblan-
gan 802 qo‘mita, shuningdek WiMAX (802.16) texnologiyasining 
standartlar to‘plamini chiqardi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, WiMAX Forumi – bu 802.16 oilasi-
dagi standartlarni o‘zaro moslashuvchanligini ta’minlash maqsa-
dida WiMAX profillari asosida jihozlarni ishlab chiqarish bo‘yicha 
tavsiyalarni ishlab chiquvchi sohaviy konsorsium. Yangi standart-
larni ishlab chiqishda hamda ular asosida jihozlarni yaratishda 
ko‘plab infokommunikatsion mahsulot ishlab chiqaruvchilari qat-
nashmoqda. Hozirgi kunda WiMAX forumi xizmat ko‘rsatuvchi-
lar (servis provayderlar) (50% atrofida), jihozlar va komponentlar 


389
ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, mazmun taqdim etuvchilar 
(kontent provayderlar)dan iborat 500 tadan ortiq a’zolarni bir-
lashtiradi [47]. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda WiMAX nomi bilan 
quyidagi ikkita keng polosali simsiz aloqa standarti (versiyalari) 
rivojlanmoqda:

“16d” versiyasi (standartning rasmiy nomi — IEEE 802.16-
2004) faqat turg‘un terminallarda ishlash uchun mo‘ljallangan;

“16e” versiyasi (standartning rasmiy nomi — IEEE 802.16-
2005) turg‘un, portativ va mobil aloqa turlari uchun mo‘ljallangan 
va takomillashtirilgan radiointerfeysni qo‘llab-quvvatlaydi.
Umumiy holda bu ikki WiMAX versiyalarining tizim jihozlari 
o‘zaro moslashmaydi, shuningdek, “16d” versiyaning abonent 
uskunalari “16e” versiyadagi tarmoqlarda ishlay olmaydi. Bu mos-
lashmaslik sababli va “16e” versiyasi ma’qulroq ekanligi uchun 
ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar “16d” versiyaga vaqt sarflamasdan 
“16e” versiyani qo‘llab-quvvatlashga qaror qabul qilmoqdalar.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin