Raqamli mobil aloqa


IEEE 802.16 standartining turg‘un va mobil versiyalari



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   289
Raqamli mobil aloqa

27.2.2. IEEE 802.16 standartining turg‘un va mobil versiyalari
WiMAX oilasiga mansub ba’zi umumiy xususiyatlar bo‘lsada, 
standartning versiyalari bir-birlaridan sezilarli farq qiladi. Stan-
dartni ishlab chiqaruvchilar ham turg‘un, ham mobil ravishda 
qo‘llanilishi uchun optimal yechimlarni qidirdilar, lekin bir stan-
dart doirasida barcha talablarni moslashtirishga erisha olmadilar. 
Shunga qaramay, IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlari 
umumiy xususiyatlarga ega.
Avvalo bu butun dunyoda standartlashtirilgan ochiq spetsi-
fikatsiyali va yagona IP platformada qurilgan texnologiyalardir. 
Har ikkala standartga tayanch stansiyalarning katta xizmat 
ko‘rsatish hududi va tarmoqning yuqori o‘tkazish qobiliyati 
xosdir. Texnologiyalar talab qilingan xizmat ko‘rsatish sifati 
(QoS)ni qo‘llab-quvvatlashi, radiokanal orqali ma’lumot uza-
tishda javob ushlanish vaqti qisqaligi, tayanch stansiyalar va 


390
abonent uskunalari orasida aloqani to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lganda 
ham 
(ingl. LOS)
, bo‘lmaganida ham 
(ingl. NLOS)
o‘rnatili-
shi kiradi. Standartlar yuqori spektral samaradorlik bilan keng 
chastotalar diapazonidan foydalanishi mumkin. Qator asosiy 
talablar mos kelsada texnologiyaning turli bozor munosabatlari-
ga yo‘naltirilganligi standartning ikkita alohida versiyalarining 
yaratilishiga olib keldi (to‘g‘rirog‘i, ularni ikki turli standartlar 
deb hisoblash mumkin). WiMAXning har bir spetsifikatsiyasi 
o‘zining ishchi chastotalar diapazonini, polosasining kengligi, 
nurlanish quvvatini, uzatish va ulanish usullarini, signalni mo-
dulyatsiyalash va kodlash usullarini, radiochastotalardan qayta 
foydalanish prinsiplarini va boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. 
Shuning uchun IEEE 802.16e va IEEE 802.16d standartlar
versiyalariga asoslangan WiMAX tizimlari deyarli bir-biri bilan 
moslashmaydi. Bu standartlarni atroflicha o‘rganamiz.

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin