Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   289
Raqamli mobil aloqa

3.1.1. 3,5G avlod standartlari
Ma’lumot uzatish tezligini oshirish va ma’lumot uzatilishining 
kechikishini (ma’lumot paketi adresatga yetib borib qaytish vaq-
t ini, qisqacha
“javob kechikishi vaqtini”
) kamaytirish maqsad-
larida UMTS standartining navbatdagi rivojlanish bosqichida 
ko‘p pozitsiyali kvadratura-amplitudaviy modulyatsiyalar, ya’ni 
16-QAM, 64-QAM usullari qo‘llanilgan HSPA 
(ingl. High Speed 
Packet Access)
texnologiyasi ishlab chiqildi. Bu texnologiyada 
javob kechikishi vaqtini kamaytirish maqsadida asosiy e’tibor 
MAS 
(ingl. Media Access Control)
muhitga ulanishning boshqa-
ruv protokolini modernizatsiyalashga qaratildi. HSPA texnologi-
yasi 3GPP loyihasi standartlarining 6-bosqich spetsifikatsiyasi 
(ingl. 3GPP Release 6)
sifatida kiritilgan bo‘lib, odatda 3,5G av-
lodiga mansub deb ko‘rsatiladi. O‘z navbatida, HSPA standarti 
ikkita tashkil etuvchi texnologiyalar – HSDPA va HSUPAlar-
dan iborat.


40
HSDPA
(ingl. High-Speed Downlink Packet Access – “pastga” 
yo‘nalishida ma’lumotlarni yuqori tezlikda paketli uzatish)
– muta-
xassislar tomonidan to‘rtinchi avlod texnologiyalariga o‘tishda 
oraliq bosqichlaridan biri sifatida baholanayotgan mobil aloqa tex-
nologiyasidir. HSDPA texnologiyasida ma’lumot uzatishning mak-
simal nazariy tezligi 14,4Mbit/sek gacha yetishi mumkin, mavjud 
tarmoqlarda amaliy erishilgan tezlik esa 3Mbit/sek ni tashkil etadi.
2009

2010
2011+-------->
Rel-99
WCDMA
Rel-5
Rel-5
Rel-9
Rel-6
WCDMA
Rel-9 va undan keyingi 
relizlar 
(Takomillashtirilgan HSPA)
LTE texnologiyasi yangi 
kengroq FDD va TDD 
dupleksi spektordan 
foydalanadi
Rel-8

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin