Raqamli mobil aloqa



Yüklə 8,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə226/289
tarix06.12.2023
ölçüsü8,51 Mb.
#138442
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   289
Raqamli mobil aloqa

Nazorat savollari:
1. Wi-Fi tizimlarining qisqacha rivojlanish tarixini bayon eting.
2. Wi-Fi tarmoqlarining asosiy elementlari va ishlash prinsipi 
qanday?
3. Wi-Fi tizimlarining asosiy afzalliklari nimada?
4. Wi-Fi tizimlarining asosiy kamchiliklari nimada?
5. Wi-Fi tizimlarida xavfsizligi qanday ta’minlanadi?
6. Dunyodagi Wi-Fi tijoriy tarmoqlariga misollar keltiring.
7. Wi-Fi notijoriy tarmoqlari qanday prinsiplar asosida quriladi?


426
30-bob. WIRELESSMAN-OFDMA REJIMI UCHUN RNY 
DARAJASINING ASOSIY KO‘RSATKICHLARI
30.1. WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi
WirelessMAN-OFDMA rejimidagi kadrning tuzilmasi ko‘p ji-
hatdan yuqorida ko‘rib chiqilgan kadrlar tuzilmalariga o‘xshash, 
lekin o‘zining farqlariga ham ega. Kadrning uzunliklari 2; 2,5; 4; 
5; 8; 10; 12,5; va 20 ms larni tashkil etishi mumkin. OFDMA 
kadri subkanallar to‘plamini o‘z ichiga oladigan OFDMA simvollar 
ketma-ketligidan iborat. OFDMA simvollardan iborat ma’lumotlar 
paketlari turli subkanallarda bir vaqtda uzatilishi mumkin. Sub-
kanallar bo‘yicha nimeltuvchilarni taqsimlash (ya’ni bir subkanalga 
nimeltuvchilarni taqsimlash) uzatish yo‘nalishga va nimeltuvchilar-
ni taqsimlash usuliga bog‘liq. IEEE 802.16 standarti ham “past-
ga”, ham “yuqoriga” kanalda nimeltuvchilarni taqsimlashning bir 
necha usullarini tavsiflaydi. Prinsipial jihatdan ular FUSC 
(ingl. 
Full Usage of the Subchannels)
TS uzatkichi tomonidan to‘liq ish-
latiladigan va RUSC 
(ingl. Portial Vsage of the Subchannels)
sub-
kanallar qisman, ya’ni butun ruxsat etiladigan dia pazon to‘liqsiz 
ishlatiladigan turlarga ajratiladi. RUSC va FUSC usullarida (va 
ularning variatsiyalarida) har bir subkanalga barcha ruxsat eti-
ladigan fizik kanal bo‘yicha bir tekis taqsimlangan nimeltuvchilar 
taqdim etiladi. Lekin boshqa yondashuv subkanallarda ketma-ket 
(qo‘shni) nimeltuvchi chastotalar to‘plamidan foydalanishdan foy-
dalaniladi. Bunday yondashuv adaptiv antenna tizimlarida ishlash 
uchun mo‘ljallangan AMS 
(ingl. Adaptive Modulation and Coding)
uslubida ishlatilgan. AMS usulida ham 2048 ta nimeltuvchi ishlati-
ladi, ulardan 160 tasi pastki va 159 tasi himoya intervallarini tashkil 
etadi, markaziy chastota esa ishlatilmaydi. Qolgan nim eltuvchilar 
har biri 9 ta nimeltuvchidan bo‘lgan 192 ta chastota guruhlariga 
(ingl. bin)
ketma-ket bo‘lib chiqiladi. Har bir guruhdagi markaziy 
(beshinchi) nimeltuvchi pilot hisoblanadi.AMS rejimida subkanal 
bir chastota guruhini vaqt bo‘yicha oltita ketma-ket OFDM sim-


427
vollarni yoki ikki chastota guruhini va uchta OFDMA simvollarni 
ishlatadi. AMS subkanallarning tuzilmasi “pastga” va “yuqoriga” 
subkadrlarda bir xil. Bunda nimeltuvchilarni qayta o‘rnatish sub-
kanal chegaralarida amalga oshiriladi.
Ta’kidlaymizki, bitta subkadr chegaralarida subkanallar bo‘yicha 
nimeltuvchilarni taqsimlash turli RUSC, FUSC, AMS va bosh-
qa taqsimlash mexanizmlaridan foydalanish mumkin. Standartda 
“qayta o‘rnatish hududlari” chegaralari 
(ingl. Permutation Zone) 
DL-MAP va UL-MAP subkadrlar kartalarida aniqlanadi.
OFDMA rejimida ma’lumotlarni uzatish uchun minimal resurs 
“slot” hisoblanadi. Slot bir subkanalni va bittadan o‘rtacha OFD-
MA simvollar ketma-ketligini egallaydi. “Pastga” subkadrda slot-
ning uzunligi FUSC rejimda bir simvolga RUSC rejimda esa ikkita 
simvolga teng. “Yuqoriga” subkadrda slotning uzunligi doimo uchta 
OFDMA simvollarga teng. WirelessMAN-OFDMA rejimi uchun 
RNY darajasining asosiy ko‘rsatkichlari 30.1-jadvalda keltirilgan.
30.1-jadval

Yüklə 8,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   289




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin