429
maqsadida FDD uslubini kiritish istaldi. TDD usuli ishlatish-
da murakkab hisoblansada (chunki u barcha tizim chegaralarida
vaqt li sinxronlashtirishni talab qiladi), baribir u quyidagi sabablar
bo‘yicha afzal bo‘lib qoladi:
•
TDD “pastga” va “yuqoriga” kanallar munosabatlarini di-
namik boshqarish imkoniyatini beradi va buning hisobiga asim-
metrik trafikni samarali qo‘llab-quvvatlaydi. FDD esa “pastga”
va “yuqoriga” turg‘un kanallar bilan ishlaydi, shunga ko‘ra sim-
metrik trafikka ega.
•
TDD teskari aloqani talab qiladigan MIMO va bosh-
qa takomillash antenna texnologiyalari, kanallar moslashishini
qo‘llab-quvvatlash uchun kanalning parametrlari bo‘yicha eng
yaxshi teskari aloqani ta’minlaydi.
•
Juft chastota kanallari talab qilinadigan FDD dan farqli
ravishda TDD usuli “pastga” va “yuqoriga” kanallari uchun bir
chastota kanalidan foydalanadi, mos ravishda, ega bo‘lgan radio-
chastota resursiga nisbatan ixcham hisoblanadi.
•
TDD usuli uchun tayanch stansiya konstruktiv jihatdan kam-
roq murakkab va mos ravishda arzon turadi.
30.1-rasmda TDD usuli ishlatilgan OFDM kadrining tuzilmasi
keltirilgan.
Har bir kadr “pastga” va “yuqoriga” liniyalari orasida kol-
liziyalarning oldini olish uchun bir-birlari bilan himoyaviy vaqt
intervallari bilan ajratilgan “pastga” va “yuqoriga” subkanallarga
(uzatish va qabullash rejimlarining belgilanishi uchun mos ravish-
da TTG va RTG).
Kadrda tizimning optimal ishlashini ta’minlash uchun quyidagi
boshqarish maydonlari ishlatiladi:
Dostları ilə paylaş: